Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

STRESSDAN OZOD BO‘LISH

Stressni boshdan kechiryapsizmi?

Stressni boshdan kechiryapsizmi?

Har bir kishi qaysidir darajada stressga duch keladi, biroq men juda kuchli stressni boshdan kechiryapman. Bu birgina katta muammo tufayli emas, balki ko‘plab vaziyatlar, doimiy kurashlar oqibatida yuzaga kelgan stress. Chunki men jismoniy hamda ruhiy kasallikdan aziyat chekayotgan erimga yillar davomida g‘amxo‘rlik qilyapman. Buning oxiri yo‘qday tuyuladi. (Jamila a)

Xotinim meni tashlab ketdi va ikkita farzandimizni o‘zim katta qilishimga to‘g‘ri keldi. Ularga yolg‘iz g‘amxo‘rlik qilish oson emasdi. Bundan tashqari, ishimdan ayrildim va mashinamni texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ham pulim yo‘q edi. Muammolarimni qanday hal qilishni bilmasdim. Kuchli stress ostida qolgandim. O‘z joniga qasd qilish noto‘g‘ri ekanini ich-ichimdan bilganim uchun, Xudodan jonimni olishini so‘radim. (Botir)

Jamila va Botir singari siz ham ba’zan kuchli stressni his qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, keyingi maqolalar sizga tasalli va yordam beradi degan umiddamiz. Ushbu maqolalarda biz stressning keng tarqalgan sabablarini, u bizga qanday ta’sir qilishi mumkinligini va stressni kamaytirish usullarini ko‘rib chiqamiz.

a Ismlar o‘zgartirilgan.