Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5 Azob-uqubatlarimiz qachondir tugaydimi?

5 Azob-uqubatlarimiz qachondir tugaydimi?

Nega buni bilish muhim?

Azob-uqubatlar tugashiga umid qilish hayotga hamda Xudoga bo‘lgan nuqtai nazarimizni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin.

Bu haqda o‘ylab ko‘ring

Ko‘plar azob-uqubatlarga chek qo‘yishni istaydi, ammo ularning bu boradagi imkoniyatlari chegaralangan. Quyidagi ma’lumotlarga e’tibor beraylik:

Tibbiyot rivojlanib borayotganiga qaramay,..

  • yurak xastaliklari o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda;

  • saraton kasalligi har yili millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda;

  • «dunyo hali-hanuz qadimgi, yangi va qaytalanayotgan yuqumli kasalliklar xavfi ostida qolmoqda», deb yozadi bir jurnalda falsafa doktori Deyvid Blum. («Frontiers in Immunology»)

Ba’zi mamlakatlar moddiy jihatdan farovon ekaniga qaramay,..

  • har yili millionlab bolalar nobud bo‘lmoqda va bu asosan kambag‘al odamlar yashaydigan hududlarda ro‘y bermoqda;

  • milliardlab insonlar oddiy sanitariya sharoitlarisiz yashamoqda;

  • yuz millionlab odamlar toza ichimlik suviga muhtoj bo‘lmoqda.

Inson huquqlaridan xabardorlik darajasi oshganiga qaramay,..

  • odam savdosi ko‘p mamlakatlarda davom etmoqda va bu bilan shug‘ullanayotgan jinoyatchilar javobgarlikka tortilmay qolmoqda. Sababi, hukumat «bu muammo borligidan yo xabardor emas, yo unga qarshi kurashish uchun yetarlicha resurslarga ega emas». («United Nations report»)

    KO‘PROQ BILIB OLING

    jw.org saytidagi «Xudoning Shohligi nima?» nomli videoni tomosha qiling.

Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

Xudo bizga g‘amxo‘rlik qilyapti.

U dard-alamlarimizga befarq emas.

«[Xudo] mazlumdan jirkanmadi, qayg‘usiga e’tiborsiz bo‘lmadi, yuzini undan yashirmadi. Undan yordam so‘rab yolvorganida, U eshitdi». (ZABUR 22:24)

«Barcha g‘am-tashvishlaringizni Unga tashlanglar, chunki U sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi». (1 BUTRUS 5:7)

Azob-uqubatlar abadiy davom etmaydi.

Muqaddas Kitobda Xudoning bizga nisbatan niyati amalga oshishi va’da qilingan.

«Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi». (VAHIY 21:3, 4)

Xudo insoniyat boshdan kechirayotgan azob-uqubatlarning sabablarini bartaraf etadi.

U buni O‘zining Shohligi orqali bajo qiladi.

«Samodagi Xudo aslo yakson qilinmaydigan shohlik o‘rnatadi. Bu shohlik boshqa xalqlarning qo‘liga berilmaydi. U... o‘zi abadiy turadi». (DONIYOR 2:44)