Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bunday qayg‘u bilan qanday yashay olaman?

Bunday qayg‘u bilan qanday yashay olaman?

OTASINING vafotini eslab Mayk: «O‘zimni notinch his qilar edim»,— deb aytmoqda. Maykning fikricha, qayg‘u hissiyotini yashirish bu erkaklarning burchi. Lekin keyinchalik u, bu fikri noto‘g‘ri ekanini tushundi. Va do‘stining bobosi olamdan o‘tganda, Mayk o‘zini qanday tutishini bilar edi. Mayk hikoya qilib bermoqda: «Bir necha yil oldin, do‘stimning yelkasidan qoqib: “Erkak bo‘lsang-chi”, deb aytgan bo‘lar edim. Hozir esa, qo‘lidan tutib: “O‘z his-tuyg‘ularingni hech ham yashirma. Ancha yengil tortasan. Agar hozir yolg‘iz qolishni xohlasang, mayli bezovta qilmayman. Qolishimni xohlasang, qolaman. Lekin his-tuyg‘ularingdan uyalma”, dedim».

Meri-Enn, eri hayotdan ko‘z yumganida, hissiyotlarimni yashirishim kerak deb o‘ylar edi. «Men hamma uchun yaxshi o‘rnak bo‘lmoqchi edim,— deb eslamoqda Meri-Enn,— hatto o‘zimni erkin tutishga yo‘l qo‘ymas edim. Lekin hamma uchun tayanchiq bo‘lish, o‘zimga hech ham yordam bermasligini anglab yetdim. Hol-ahvolimning ustidan o‘ylab, shunday xulosaga keldim: “Agar yig‘laging kelsa, yig‘la. O‘zingni botir qilib ko‘rsatma. Ichingda to‘plangan qayg‘u tashqariga chiqsin”,— deb aytdim».

Xullas, Mayk va Meri-Enn: «Qayg‘uingizni yashirmang!» — deb maslahat berishyapti. Ha, ular haq. Nega deysizmi? Chunki qayg‘u hissiyoti ahvolingiz yengillashi uchun darkor. Hissiyotlaringizni yashirmasangiz, tarang bo‘lgan asablaringiz yengillashishi muayyan. Bu masalada bilim va to‘g‘ri tushunish qobiliyatlari, shuningdek his-tuyg‘ularning tabiiy ifodalanishi, sizga katta yordam beradi.

Albatta, hammaning qayg‘usi o‘zgachadir. Masalan, odam bevaqt hayotdan ko‘z yumganmi, yo uzoq vaqt kasal bo‘lib olamdan o‘tganmi, qayg‘u chekayotgan insonning qay darajada siqilishiga ta’sir qilishi mumkin. Lekin bir narsa shubhasizdir: Hissiyotlarni yashirish ham jismoniy, ham hissiy ziyon keltirishi mumkin. Ko‘nglingizni ochish esa ancha foydalidir. Biroq qanday qilib? Ba’zi amaliy maslahatlarni Muqaddas Kitobdan topamiz.

Ko‘ngilni qanday yozish mumkin?

Suhbat orqali ko‘nglingiz tasalli topadi. Qadim zamonda Ayub alayhissalomning o‘nta bolasi vafot etganida, shuningdek boshqa balo-qazo boshiga tushganida, u shunday degan: «Jonimga hayot ham jirkanch bo‘lib qoldi. Qayg‘ularimni bo‘sh qo‘yaman; jonim ezilib ketganidan nola qilaman» (Ayub 1:2, 18, 19; 10:1, ST). Ayub payg‘ambar qayg‘usini ortiq ichida saqlay olmas edi. Ayub qayg‘usini bo‘sh qo‘yishi, «nola» qilishi darkor bo‘lgan. Bunga o‘xshash fikrni ingliz yozuvchisi Shekspir, o‘zining «Makbet» asarida yozgan: «Faryod-fig‘on bilan hasrat-alamingni yoz: Unsiz qayg‘u parchalaydi yurakni, do‘stim».

Xullas, hissiyotlaringizni sabrli va hamdard «do‘stingiz» bilan baham ko‘ring, shunda o‘zingizni yanada yaxshi his qila olasiz (Hikmatlar 17:17). Agar his-tuyg‘ular so‘zlar bilan ifodalansa, ularni to‘g‘ri tushunish va ularga bardosh berish osonroq bo‘ladi. Agar do‘stingiz ham bu kabi qayg‘uni boshdan kechirgan bo‘lsa, ayrim amaliy maslahatlarni e’tiborga olishingiz mumkin. Bir ayolning bolasi vafot etganida, u xuddi shunday vaziyatni boshidan kechirgan boshqa ayol bilan suhbat qilib, qanchalik tasalli topganini so‘zlab berdi: «Xuddi menday qayg‘u-alamni boshdan kechirib, eson-omon qolgan va shu kungacha bardosh berib, yashab kelayotgan kimsa borligini anglab yetish, menga katta dalda bo‘lgan».

Muqaddas Kitobdan ko‘rinyaptiki, his-tuyg‘ularingizni qalamga olsangiz iztirobga dosh berishingizga yordam beradi.

His-tuyg‘ularingiz haqida gapirish noqulay tuyilsa-chi? Shoul va Yo‘natan vafot etganida, hazrati Dovud o‘ta ta’sirli marsiya qo‘shig‘ini tuzib, o‘z qayg‘usini izhor qilgan edi. Oxir oqibatda bu qo‘shiq Muqaddas Kitob tarkibiga kirdi (2 Shohlar 1:17-27; 2 Solnomalar 35:25). Hozir ham ba’zilarga his-tuyg‘ularini qalamga olish osonroqdir. Bir beva ayol o‘z dardini qalamga olarkan-da, bir necha kundan so‘ng qaytadan o‘qib chiqar ekan. Aytishicha, bu unga yordam berar ekan.

His-tuyg‘ularni suhbat yoki qog‘oz orqali izhor etish, qayg‘uga dosh berishda yordam beradi. Boz ustiga barcha tushunmovchilik hal bo‘ladi. Bolasi vafot etgan bir ayol buni quyidagicha tasvirlab berdi: «Ba’zi eru xotinlar, farzandlari hayotdan ko‘z yumsa, ajralib ketishar ekan. Ammo na men, na erim shunday bo‘lishini sira xohlamas edik. Xullas, har safar achchiqlanib, bir-birimizni ayblashga tushsak, buni darrov to‘xtatib, tinch hal qilishga harakat qilar edik. Menimcha, bu bizni yanada jipslashtirdi». Shunday qilib his-tuyg‘ularingizni boshqasi bilan bo‘lishsangiz, har kimning qayg‘u hissiyoti o‘zgacha ekanini, ya’ni odam odatlanganday boshdan kechirishini ko‘rasiz.

Ko‘ngildagi dardni yengillashning yana bir usuli — yig‘i. Muqaddas Kitobga binoan: «Yig‘lashning ham... vaqti bor» (Voiz 3:1, 4). Sevimli insonning o‘limi esa, yig‘lashning ayni vaqtidir. Demak, yig‘lash ruhan salomat bo‘lishning bir usulidir.

Onasidan judo bo‘lgan bir qiz, dugonasi qanday yordam berganini hikoyalab beryapti: «Dugonajonim mendan bir qadam ham jilmas edi. U men bilan gaplashar va hatto sherik bo‘lib yig‘lar edi. Muhimi, his-tuyg‘ularimni ochiq ko‘rsatishga qo‘rqmas edim. Ko‘z yoshlarimdan uyalishga hojat yo‘q edi» (Rimliklarga 12:15ga qarang). Siz ham ko‘z yoshingizdan uyalmang. Muqaddas Kitobdan bilib olganimizday, ko‘p dindor ayollaru erkaklar, hatto Iso Masih ham, uyalmasdan ochiqdan ochiq yig‘lar edilar (Ibtido 50:3; 2 Shohlar 1:11, 12; Yuhanno 11:33, 35).

Har bir millatda tasalli beruvchi so‘zlar qadrlanadi.

Ba’zi vaqtlari his-tuyg‘ularingizni hatto idora qila olmaysiz. Hech narsadan hech narsa ko‘zlaringizdan yoshlar oqa boshlashi mumkin. Masalan bir beva ayol do‘konda yig‘lab yuborgan paytlarni eslamoqda, ayniqsa rahmatli eri yaxshi ko‘rgan mahsulotni g‘ayriixtiyoriy xarid qilay deganida. O‘zingizga jiddiy qaramang. Va, ko‘zingiz yoshlamasligi kerak, deb hatto o‘yla ko‘rmang. Unutmang, ko‘z yoshlar tabiiy va qayg‘uni ifodalaydigan hissiyotdir.

Aybdorlik hissiyotiga dosh berish

Yuqorida aytilganiday, yaqin odam hayotdan ko‘z yumsa, ba’zilarda aybdorlik hissiyoti paydo bo‘ladi. Shu sababdan Yoqub payg‘ambarga, o‘g‘lingiz Yusufni «yirtqich hayvon yegan», deb xabar berishganda o‘ta iztirob chekkan edi. Akalaridan xabar olib kelishi uchun Yusufni shaxsan Yoqub jo‘natgan edi. Balki, Yoqubni quyidagi savollar dahshatga solgandir, aynan: Nimaga Yusufni yolg‘iz jo‘natdim? U yerda yirtqich hayvonlar kezib yurishini bilardim-ku? (Ibtido 37:33-35).

Balki, ba’zi narsalarga e’tibor bermaganim uchun yaqin odamim vafot etdi, degan xayollar kelishi mumkin. Aybdorlik hissiyoti — xoh asosli, xoh asossiz bo‘lsin — qayg‘u paytida yuzaga kelgan, tabiiy hissiyot ekanini tushunishning o‘zi tasallidir. Va yana bir bor, bu hissiyotlarni eplab olay, deb o‘ylamang. Bu his-tuyg‘ular haqida suhbat qursangiz o‘zingizga foydadir.

Biroq bir narsani tushunishimiz shart: odamni qanchalik sevgan bo‘lsak-da, uning har qadamini nazorat qila olish, yoki «fursat va tasodifning» oldini olish bizning ixtiyorimizda emas (Voiz 9:11, ST). Shuningdek, niyatlaringiz nopok bo‘lmagan-ku. Mayli, shifokorga kech murojaat qildingiz deylik, lekin yaqiningiz o‘lim to‘shagiga yotib qolishini, yoki hayotdan ko‘z yumishini xohlaganmidingiz? Yo‘q, aslo! Shunday ekan, nahotki o‘lim sizning dastingizdan yuz berdi? Hech ham!

Bir ayolning qizi yo‘l halokatida vafot etgan edi. Ayol, aybdorlik hissiyotiga qanday dosh berganini eslamoqda: «Qizalog‘imni jo‘natganimdan o‘zimni aybdor deb hisoblar edim. Biroq vaqt o‘tgan sayin bu fikr be’mani ekanini tushuna boshladim. Bir ish masalasida uni otasiga sherik bo‘lsin deb, jo‘natganimda gunoh yo‘q-ku. Hamma gap, bu dahshatli fojiada edi».

«Biroq, unga aytadigan shuncha gaplarim, orzularim bajarilmay qoldi»,— deb alam qilayotgandirsiz. Gapingizda jon bor, ammo kim komil ota, komil ona yoki komil farzand bo‘lganman, deb maqtana oladi? Muqaddas Kitob: «Hammamiz ko‘p xato qilamiz. Agar kim so‘zlayotganda xato qilmasa, u komil insondir, butun vujudini ham tiyib olishga kuchi yetadi»,— deb eslatmoqda (Yoqubning 3:2; Rimliklarga 5:12). Xullas, komil emasligingizni tan olishingiz darkor. Lekin, doimo «qaniydi», deb xayolingizdan o‘tkazsangiz, na foydasi, na sog‘ayishingizga yordami bor.

Shunda ham, aybdorligimni to‘qib chiqarganim yo‘q, aksincha o‘ta asosli desangiz, yengillik tortishingiz uchun eng ishonchli dalilni — Xudoning mehr-inoyatini ko‘rib chiqing. Muqaddas Kitob tasalli berib, quyidagini aytmoqda: «Yohu Rabbano! Sen gunohlarni hisobga olsang, kim ham tura olar ekan? Biroq, Sen kechirimlisan» (Zabur 129:3, 4). Bo‘lib o‘tganni na qaytarishga na o‘zgartirishga qurbimiz yetadi. Ammo xatolarimiz uchun Xudodan kechirim so‘rab, iltijo qilishimiz mumkin. Natija deysizmi? Agar hatto Xudo sizni kechirishni va’da qilgan ekan, siz ham o‘zingizni kechirishingiz kerak emasmi? (Hikmatlar 28:13; 1-Yuhanno 1:9).

Achchiqlanish hissiyotiga dosh berish

Shifokoru hamshiralarga, do‘st va hatto marhumga achchiqlanganmisiz? Bunday his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi tabiiydir. Bir yozuvchi aytganiday: «Agar achchiqlansangiz ham, bu hissiyotni amalda qo‘llamang, shunda uning achinarli oqibatlaridan xalos bo‘lasiz».

Achchiqlanish his-tuyg‘ularingizni baham ko‘rsangiz ham foydadir. Qanday deysizmi? Albatta odamga achchiq-achchiq gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Muqaddas Kitob jahldorlik naqadar xavfli ekanini ko‘rsatmoqda (Hikmatlar 14:29, 30). Biroq tushunadigan do‘st bilan his-tuyg‘ularingizni baham ko‘rsangiz taskin topishingiz muayyan. Ba’zilarga achchiqlanish hissiyotini yengishda jismoniy mashg‘ulotlar yordam beradi (Efesliklarga 4:25, 26 ni solishtiring).

Biroq, his-tuyg‘ularingiz bilan bo‘lishayotib, ochiq va rostgo‘y bo‘lsangiz-da, shunda ham ehtiyotkorlik kerak. His-tuyg‘ularingizni izhor qilsangiz yaxshi, ammo ularga asoslanib boshqalarni ayblash noto‘g‘ri. Xullas, tuyg‘ularingizni jahl bilan emas, balki do‘stona so‘zlab bering (Hikmatlar 18:21). Endi esa, judolik qayg‘usida yordam beradigan eng ishonchli dalilni ko‘rib chiqaylik.

Xudoning yordami

Muqaddas Kitob: «Xudovand dili vayronlarga yaqindir, ruhi tushkunlarni esa O‘zi qutqarar»,— deb bizni ishontirmoqda (Zabur 33:19). Chindan ham, yaqiningiz hayotdan ko‘z yumsa, Xudo bilan bo‘lgan munosabatingiz eng katta yordamdir. Qanday deysizmi? Masalan yuqorida aytib o‘tilgan hamma amaliy maslahatlar Xudoning Kalomi, ya’ni Muqaddas Kitobdan olingan yoki unga uyg‘undir. Ularga rioya etsangiz, qayg‘uga dosh bera olasiz.

Shuningdek ibodatning ta’sirini esingizdan chiqarmang. Muqaddas Kitob: «Tashvishingni Xudovandga tashlab ket, Uning O‘zi senga tayanchiq bo‘lur»,— deb bizni undamoqda (Zabur 54:23). Agar hamdard do‘stingiz bilan tuyg‘ularingizni baham ko‘rib tasalli topgan bo‘lsangiz, unda «har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo» bilan suhbat qilish naqadar afzal (2-Korinfliklarga 1:3).

Gap, ibodat qilsangiz bas, o‘zingizni yaxshiroq his etasiz, degan ma’noda emas. Balki, ibodatni eshitguchi Xudo, Undan samimiy so‘ragan xizmatchilariga muqaddas ruh ato etishini va’da qilganidadir (Zabur 64:3; Luqo 11:13). Xudoning muqaddas ruhi esa, ya’ni «oliy qudrati» bizni kundan kunga quvvatlab turishi shubhasizdir (2-Korinfliklarga 4:7). Unutmang: Har qanday qiyin vaziyatda, sodiq xizmatchilariga Qodir Tangrining O‘zi yordamchidir.

Qizalog‘idan judo bo‘lgan ayol, ibodatning qanchalik yordam berganini eslamoqda. U quyidagini aytib beryapti: «Ba’zi paytlari, ayniqsa kechalari men va erim o‘zimizni o‘ta ayanchli his qilar edik. Bu vaqtlarda Xudoga yolvorib ibodat qilganmiz. Endi jamoat yig‘ilishiga, anjumanga yoki boshqa biror joyga birinchi bor qizalog‘imizsiz borgani qiyin bo‘lganidan, xo‘jayinim bilan Xudodan kuch-quvvat tilaganmiz. Shunday kunlar ham bo‘lgan-ki ertalab turib, bo‘lib o‘tganning dahshatini o‘ylab, iztirob chekkanimizda Yahova Xudodan yordam so‘rab ibodat qilardik. Ba’zi sabablarga ko‘ra o‘zim yolg‘iz uyga kirishga hech oyog‘im tortmas edi. Shuning uchun har safar yolg‘iz bo‘lsam, uyga yaqinlashayotib Yahovaga, menga yordam ber deb ibodat qilar edim». Bu taqvodor ayol, ibodat qilganimda vaziyatim o‘zgaradi, deb chindan bunga ishonar edi. Siz ham yolvorib ibodat qilsangiz, «Xudo bergan tinchlik sizning ko‘nglingiz va fikr-xayolingizni xotirjam qiladi» (Filippiliklarga 4:6, 7; Rimliklarga 12:12).

Xudo bergan madad, haqiqatan ham hol-ahvolimizni yaxshilay oladi. Xudoning vakili Pavlus quyidagini ta’kidladi: «U [Xudo] butun g‘am-qayg‘ularimiz uchun bizga tasalli beradi... boshqa odamlarni biz Xudodan olgan tasalli bilan ovuntira olamiz». Darhaqiqat, Xudoning yordami iztirobdan xalos qilmaydi, balki unga dosh berishingizga yordam beradi. Bu bilan boshqa yig‘lamay, marhumni unutishingiz nazarda tutilmayapti. Biroq hol-ahvolingiz yengillashi muayyan. Siz esa o‘z navbatingizda, yaqinlaridan judo bo‘lganlarni yanada yaxshi tushunib hamdardlik ila ovuntira olasiz (2-Korinfliklarga 1:4).