Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish arziydi?

Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish arziydi?

Siz Muqaddas Kitob haqida eshitganmisiz? Ma’lumki, bu kitob insoniyat tarixidagi keng tarqalgan asardir. Madaniyati turli bo‘lgan odamlar undagi xabarni o‘qib, o‘zlariga tasalli, umid va kundalik hayot uchun maslahatlar olishadi. Lekin, bu kitob to‘g‘risida ko‘pchilik kam ma’lumotga ega. Xudoga ishonasizmi yoki yo‘qmi, ehtimol bu kitob haqida bilish siz uchun qiziqarli bo‘lar. Ushbu risola, Muqaddas Kitob to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mo‘ljallangan.

MUQADDAS KITOB haqida eshitgandirsiz, lekin unda qanday xabar yozilganini bilasizmi? Bu kitob 66 ta kitobchalardan iboratdir. U Ibtidodan boshlanib, Vahiy kitobi bilan tugaydi.

Qiziq, Muqaddas Kitobning muallifi kim ekan? Aslini oladigan bo‘lsak, bu kitobni taxminan 40 kishi 1 600-yildan ziyod vaqt ichida yozgan. Shuni aytish joizki, ular o‘zlarini Muqaddas Kitob muallifi deb atamagan. Ulardan biri: «Har bir Muqaddas Yozuv Xudo tomonidan ilhomlantirilgan»,— deb aytgan (2 Timo‘tiyga 3:16). Boshqasi esa: «Egamning ruhi men orqali gapirgan, tilimda tayyordir Uning kalomi»,— deya yozgan (2 Shohlar 23:2). Demak, bu yozuvchilar Muqaddas Kitobning muallifi — koinotning Oliy Hukmdori Xudovand Yahova ekanini tan olishgan. Ular shuningdek, Allohning odamlarga yaqinroq bo‘lish istagi borligini ko‘rsatishgan.

Muqaddas Kitob haqida yana ba’zi narsalarni bilib olish muhim. Uning asosiy mavzusi, Tangri samoviy Shohlik orqali insoniyat ustidan hukmronlik qilishga haqqi borligini isbotlashidan iborat. Ushbu risola, Ibtidodan boshlab to Vahiy kitobigacha bu mavzu qanday yoritilganini ko‘rishingizga yordam beradi.

Endi keling, ushbu keng tarqalgan Muqaddas Kitobda qanday xabar yozilganini bilib olaylik.

^ 9- x.b. Bu risoladagi «mil. avv.» qisqartmasi miloddan avvalgi, «mil.» esa milodiy yilni anglatadi. Ushbu qisqartmalar har bir sahifada keltirilgan davriy chiziqda qo‘llangan.