Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

11- QISM

Xudo ilhomlantirgan qo‘shiqlar

Xudo ilhomlantirgan qo‘shiqlar

Dovud va boshqa bastakorlar Allohga topinish uchun qo‘shiq bastalashadi. Zaburda 150 ta hamdu sanolar mavjud

ILOHIY ilhom ila bastalangan muqaddas qo‘shiqlar majmuasi, Alloh Kalomining ichidagi eng katta kitob hisoblanadi. Bu kitob qariyb 1 000-yil davomida yozilgan. Zabur sanolarida haq Taologa bo‘lgan imon hissiyot bilan ifodalangan. Ushbu sanolarda, shodlik va minnatdorlikdan tortib to dard alam hamda tavba qilishgacha bo‘lgan insonning ichki tuyg‘ulari har tomonlama yoritib berilgan. Ulardan, sano bastakorlarining Alloh Yahova bilan munosabatlari juda yaqin bo‘lganini ko‘rsa bo‘ladi. Keling, bu sanolarda qanday mavzular yoritilganini bilib olaylik.

Yahova olamning haqli Egasi bo‘lib, topinish va shon-sharafga loyiqdir. Zabur 82:19- oyatda Alloh Yahova to‘g‘risida: «Butun dunyoda eng oliy yolg‘iz Sensan»,— deb yozilgan. Ba’zi sanolar Yahovani yaratgan ijodlari, jumladan, osmondagi yulduzlar, hayotning go‘zalligi va insonning ajoyib yaratilgani uchun sharaflaydi (Zabur 8; 18; 138; 148). Boshqa sanolar esa Allohni, Unga sadoqatli bo‘lgan kishilarni asrab, himoyalaydigan Xudo sifatida ulug‘laydi (Zabur 17; 96; 137). Yana boshqalari, Yahovani bechorahollarga yordam beradigan, fosiqlarni esa jazosiz qoldirmaydigan adolatli Xudo kabi ta’riflaydi (Zabur 10; 67; 145).

Yahovani yaxshi ko‘rganlarga, U yordam va tasalli beradi. Zaburning 22- sanosi, hoynahoy eng taniqli sanolardan biri bo‘lib, u yerda Dovud Yahovani, qo‘ylarini yetaklovchi, qo‘riqlovchi va g‘amxo‘rlik qiluvchi cho‘pon bilan taqqoslagan. Zabur 64:3- oyatda esa, Xudoning xizmatchilariga Yahova «ibodatni eshitguchi» ekanini eslatib turadi. Jiddiy gunoh qilganlarning ko‘pchiligi, Dovudning Zabur 38- va 50- sanolardagi so‘zlaridan tasalli topishyapti. U yerdagi oyatlarda, Dovud og‘ir gunohi uchun tavba qilgani va Yahovaning kechirishiga umid qilayotgani haqida yozilgan. Zabur 54:23 esa, barcha g‘am-tashvishlarimizni Yahovaga tashlashga undamoqda.

Masihning Shohligi orqali, Yahova dunyoni o‘zgartiradi. Zaburdagi bir nechta oyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va’da qilingan Shoh bo‘lmish Masihga tegishlidir. Masalan, 2- sanoda ushbu Hukmdor unga qarshi chiqqan xalqlarni qirib tashlashi bashorat qilingan. 71- sanoda esa, bu shoh ocharchilikka, adolatsizlikka va zo‘ravonlikka chek qo‘yishi to‘g‘risida yozilgan. Zabur 45:10- oyatda esa, Xudo Masihning Shohligi yordamida urushlarni to‘xtatib, barcha qurollarni yo‘q qilishi haqida aytilgan. 36- sanoda, fosiqlarning o‘lib ketishi, solihlar esa yer yuzida abadiy yashashlari to‘g‘risida o‘qiymiz. O‘shanda dunyo bo‘ylab tinchlik va yakdillik hukm surib, quvonchning cheki bo‘lmaydi.

Zabur kitobiga asoslangan.