Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Muqaddas Kitob xabari. Qisqacha mazmuni

Muqaddas Kitob xabari. Qisqacha mazmuni
  1. Yahova Odamato va Momohavoni jannatda abadiy yashash uchun yaratadi. Shayton Allohni badnom qilib, Uning boshqarishga haqli ekanini shubha ostiga qo‘yadi. Ilk juftlik Shaytonning tomonini egallab, natijada o‘zlari va avlodlarini gunoh va o‘limga duchor qilishadi

  2. Yahova isyonchilarga hukm chiqaradi va Shaytonni yo‘q qilib, isyon va gunohning oqibatlarini bartaraf etadigan Najotkor yoki Zurriyotni yuborishni va’da qiladi

  3. Yahova, Ibrohim va Dovud payg‘ambarlarga Shoh sifatida abadiy hukm suradigan Zurriyot yoki Masih ularning naslidan kelib chiqishini bashorat qiladi

  4. Masih gunoh va o‘limni bartaraf etishi haqida Yahova payg‘ambarlari orqali karomat qiladi. Masih vorisdoshlari bilan birga Xudoning Shohligida hukm surib, urush, kasallik va o‘limga chek qo‘yishlari kerak bo‘ladi

  5. Yahova Isoni yer yuziga yuborib, uning Masih ekanini ko‘rsatadi. Iso Xudoning Shohligi to‘g‘risida va’z qiladi va o‘z jonini qurbonlik sifatida taqdim etadi. Yahova uni ruhiy shaxs etib tiriltiradi

  6. Yahova Isoni samoviy taxtga o‘tqizadi va ushbu zamonaning oxirgi kunlari boshlanadi. Iso, yer yuzidagi izdoshlari Xudoning Shohligi haqida va’z qilishlariga rahbarlik qiladi

  7. Yahova, Iso yer yuzida ham Shohlikni o‘rnatishini amr etadi. Ushbu Shohlik barcha yovuz hukumatlarni yo‘q qilib, jannatni tiklaydi va insonlarni mukammallikka erishtiradi. Yahovaning boshqarishga haqqi borligi isbotlanadi va Uning ismi abadiy ulug‘lanadi