Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2-QISM

Haqiqiy Xudo kim?

Haqiqiy Xudo kim?

Haqiqiy Xudo yakka-yu yagona va Uning ismi Yahova. (Zabur 83:18) U ruhiy Shaxs bo‘lgani uchun biz Uni ko‘ra olmaymiz. U bizni sevadi va biz ham Uni sevishimizni xohlaydi. Bundan tashqari, U boshqa odamlarni ham yaxshi ko‘rishimizni istaydi. (Matto 22:35–40) U – butun borliqni yaratgan Qodir Tangri.

Xudoning ilk ijodi ham qudratli ruhiy shaxs bo‘lib, keyinchalik Iso Masih deb tanilgan. Tangri Yahova farishtalarni ham yaratgan.

Alloh Yahova osmondagi... va yerdagi hamma narsani yaratgan. Vahiy 4:11

Tangri Yahova yulduzlarni, yerni va undagi barcha narsani yaratgan (Ibtido 1:1).

U birinchi insonni — Odamatoni yerning tuprog‘idan yasagan (Ibtido 2:7).