Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-QISM

Ular Shaytonga quloq solishdi. Oqibati nima bo‘ldi?

Ular Shaytonga quloq solishdi. Oqibati nima bo‘ldi?

Odamato va Momohavo Xudoga itoat qilishmagani sababli o‘lishdi. Ibtido 3:6, 23

Momohavo ilonga quloq solib, mevani yedi. So‘ng Odamatoga ham berdi va u ham yedi.

Bu bilan ular Xudoga itoatsizlik qilishdi, bu esa gunoh edi. Shuning uchun Xudo ularni Jannatdan haydab chiqardi.

Oqibatda ularning va farzandlarining hayoti og‘irlashib bordi. Oxiri ular qarib o‘lishdi. O‘lgach ular ruh bo‘lib osmonga uchib ketishmadi, balki butunlay yo‘q bo‘lib ketishdi.

Inson o‘lgach, tuproq kabi jonsiz bo‘lib qoladi. Ibtido 3:19

Biz Odamato va Momohavoning avlodlari bo‘lganimiz uchun barchamiz o‘lamiz. O‘liklar ko‘rish, eshitish yoki biron ish qilishga qodir emas (Voiz 9:5, 6, 10).

Tangri Yahova odamlarning o‘lishini xohlamagan. Yaqinda U o‘lim uyqusiga ketgan barchani hayotga qaytaradi. Agar ular Xudoga quloq solishsa, abadiy yashashadi.