Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6-QISM

Buyuk To‘fon haqidagi hikoyadan nimani o‘rganyapmiz?

Buyuk To‘fon haqidagi hikoyadan nimani o‘rganyapmiz?

Tangri yovuz odamlarni yo‘q qildi, lekin Nuh payg‘ambarni va oilasini qutqardi. Ibtido 7:11, 12, 23

Yomg‘ir 40 kecha-yu 40 kunduz yog‘di va butun yer yuzini suv bosdi. Barcha yomon odamlar o‘ldi.

Isyonkor farishtalar insoniy tanalarini qoldirib, jinlarga aylanishdi.

Kemada bo‘lganlar esa omon qolishdi. Ammo vaqt o‘tib, Nuh payg‘ambar va oilasi hayotdan ko‘z yumdi. Kelajakda Alloh ularni abadiy yashash uchun hayotga qaytaradi.

Xudo yovuzlarni yana yo‘q qiladi, yaxshi odamlarni esa qutqaradi. Matto 24:37–39

Shayton va jinlar odamlarni yo‘ldan ozdirib kelishyapti.

Bugun ham Nuh payg‘ambar davridagidek, ko‘pchilik Alloh Yahovaning mehr ila bergan yo‘l-yo‘rig‘ini rad etyapti. Yaqinda Tangri Yahova yomon odamlarni yo‘q qiladi. (2 Butrus 2:5, 6).

Hozir ham Nuh payg‘ambarga o‘xshagan kishilar bor. Ular Xudoning gaplariga quloq solishadi; ular — Yahovaning Shohidlari.