Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

3- DARS

Muqaddas Kitobdagi haqiqat qanday qilib qayta kashf etildi?

Muqaddas Kitobdagi haqiqat qanday qilib qayta kashf etildi?

Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari, 1870-yillar

«Qo‘riqchi minorasi»ning ilk nashri, 1879-yil

Hozirgi «Qo‘riqchi minorasi»

Iso alayhissalomning vafotidan so‘ng ilk masihiylar orasida soxta ustozlar paydo bo‘lishi va Muqaddas Kitobdagi haqiqat noto‘g‘ri talqin qilinishi oldindan aytilgan edi. (Havoriylar 20:29, 30) Vaqti kelib shunday bo‘ldi ham. Ular Iso Masihning ta’limotlarini soxta din g‘oyalari bilan aralashtirib yuborishdi, oqibatda esa soxta xristianlik yuzaga keldi. (2 Timo‘tiyga 4:3, 4) Bugungi kunda Muqaddas Kitob ta’limotlarini to‘g‘ri tushunayotganimizga qanday amin bo‘lishimiz mumkin?

Tangri Yahova haqiqatni ochib beradigan vaqt keldi. «Oxirzamonda... aniq bilim mo‘l-ko‘l bo‘ladi» deb bashorat qilingandi. (Doniyor 12:4) 1870-yilda haqiqat izlovchi kichik bir guruh cherkov ta’limotlarining aksariyati Muqaddas Yozuvlarga asoslanmaganini anglab yetdi. Shu sababli, ular Muqaddas Kitobning asl ta’limotlarini tushunish uchun izlanish o‘tkaza boshlashdi va Tangri Yahova ularga marhamat ko‘rsatib, Kalomini anglashga yordam berdi.

Samimiy kishilar Muqaddas Kitobni sinchkovlik ila o‘rganishgan. O‘sha Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari qo‘llagan uslubni hozir biz ham qo‘llayapmiz. Ular Muqaddas Kitobni mavzularga bo‘lib muhokama qilishgan. Tushunish qiyin bo‘lgan oyatlarga duch kelishganida, ularning ma’nosini ochib beradigan boshqa oyatlarni izlashgan. Ushbu oyatlar Muqaddas Kitobning boshqa qismlariga hamohang bo‘lganiga ishonch hosil qilgach esa, ular xulosani yozib olishgan. Shu yo‘sinda, Muqaddas Kitob o‘z-o‘zini izohlashiga qo‘yib berib, ular Xudoning ismi va Shohligi, insoniyat va yer uchun niyati, o‘liklarning holati va tirilishga bo‘lgan umid to‘g‘risidagi haqiqatni qaytadan kashf etishgan. Bunday izlanishlar ularni ko‘pgina soxta e’tiqodlaru urf-odatlardan ozod qilgan. (Yuhanno 8:31, 32)

1879-yilga kelib, Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari haqiqatni hammaga aytish vaqti kelganini tushunib yetishdi. O‘sha yili ular to hozirgacha chop etilayotgan «Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi» nomli jurnalni nashr eta boshlashdi. Bugungi kunda biz Muqaddas Kitobdagi haqiqatni 240 ta mamlakat va hududda 900 dan oshiq tilda odamlar bilan baham ko‘ryapmiz. Chindan ham, haqiqat hali hech qachon bunchalar keng quloch yozmagan!

  • Isoning vafotidan so‘ng Muqaddas Kitobdagi haqiqat bilan nima yuz berdi?

  • Xudoning Kalomidagi haqiqatni qaytadan kashf etishimizga nima yordam berdi?