Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4- DARS

Nega «Yangi dunyo tarjimasi»ga ehtiyoj paydo bo‘ldi?

Nega «Yangi dunyo tarjimasi»ga ehtiyoj paydo bo‘ldi?

Kongo (Kinshasa)

Ruanda

Milodiy uchinchi yoki to‘rtinchi asrga oid bo‘lgan Simmax tarjimasining parchasida, Zabur 69:31- oyatda Xudoning ismi ko‘rsatilgan.

O‘nlab yillar davomida Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobning turli tarjimalaridan foydalanishgan, chop etishgan va tarqatishgan. Ammo vaqt o‘tib, biz yangi tarjima chiqarilishiga ehtiyoj ko‘rdik. Xudo odamlar «aniq bilimga ega bo‘lishini» xohlaydi, shuning uchun biz ularga haqiqatni yaxshiroq tushunishga yordam berishni istadik. (1 Timo‘tiyga 2:3, 4) Shunday qilib, 1950-yilda Muqaddas Kitobning ingliz tilidagi zamonaviy tarjimasini — «Yangi dunyo tarjimasi»ni qisman chiqara boshladik. Hozirda Muqaddas Kitobning ushbu tarjimasi 160 dan ortiq tilga, jumladan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan.

Tushunish oson bo‘lgan Muqaddas Kitobga ehtiyoj bor edi. Vaqt o‘tib tillarda o‘zgarishlar yuz beradi va ko‘pgina Muqaddas Kitob tarjimalarida tushunarsiz yoki eskirib qolgan iboralar uchraydi. Bundan tashqari, asl nusxaga yaqin bo‘lgan yanada aniqroq qadimgi qo‘lyozmalar topildi. Bu esa, ibroniycha, oromiycha va yunonchada yozilgan Muqaddas Kitob qismlarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratdi.

Xudoning Kalomiga sodiq bo‘lgan tarjimaga ehtiyoj bor edi. Ilohiy ilhom bilan yozilgan kitobga erkinlik bilan yondashishning o‘rniga, Muqaddas Kitob tarjimonlari asl nusxaga sodiq qolishlari kerak. Ammo shunga qaramay, ko‘p tarjimalarda Xudoning «Yahova» degan ismi ishlatilmaydi.

O‘z Muallifini sharaflaydigan Muqaddas Kitobga ehtiyoj bor edi. (2 Shohlar 23:2) Quyida tasvirlanganidek, Muqaddas Kitobning eng qadimiy qo‘lyozmalarida Yahovaning ismi taxminan 7 000 marta uchraydi va bu ism «Yangi dunyo tarjimasi»da tiklandi. (Zabur 83:18) Yillar mobaynida sinchkovlik ila o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Xudoning fikrlarini aniq yetkazib beradigan va miriqib o‘qiladigan Muqaddas Kitob vujudga keldi. Ona tilingizda «Yangi dunyo tarjimasi» bor yoki yo‘q bo‘lishidan qat’i nazar, sizni Tangri Yahovaning Kalomini har kuni o‘qishni odat qilib olishga undamoqchimiz. (Yoshua 1:8; Zabur 1:2, 3)

  • Nega Muqaddas Kitobning yangi tarjimasiga ehtiyoj bor, degan qarorga keldik?

  • Allohning irodasini bilishni xohlaganlar nimani odat qilsa foydali bo‘ladi?