Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6- DARS

Imondoshlarimiz bilan muloqot bizga qanday foyda keltiradi?

Imondoshlarimiz bilan muloqot bizga qanday foyda keltiradi?

Madagaskar

Norvegiya

Livan

Italiya

Hatto qalin changalzordan o‘tishga to‘g‘ri kelsa ham, ob-havo yomon bo‘lgan taqdirda ham, biz yig‘ilishlarimizga qatnashda davom etamiz. Nima sababdan Yahovaning Shohidlari turli qiyinchiliklar va ishdan charchab kelishganiga qaramay, imondoshlari bilan muloqot qilib turishga intilishadi?

Bu o‘zimiz uchun foydalidir. Hazrati Isoning Pavlus ismli shogirdi, imonlilar jamoatining a’zolarini nazarda tutib, «bir-birimiz haqimizda o‘ylaylik», deb yozgan edi. (Ibroniylarga 10:24) Bu ibora bir-birimiz bilan yaxshilab tanishib olishimiz kerakligini anglatadi. Demak, Pavlusning so‘zlari bizni boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishga undaydi. Agar boshqa imondoshlarimiz bilan ham tanishib olsak, ulardan ayrimlari allaqachon biz duch kelayotgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishganini va bizga yordam berishlari mumkinligini bilib olamiz.

Bu chin do‘stlikka zamin yaratadi. Yig‘ilishlarimizda biz shunchaki tanishlar bilan emas, balki qalin do‘stlarimiz bilan uchrashamiz. Boshqa paytlari esa biz ular bilan maza qilib hordiq chiqaramiz. Bunday muloqot qanday foyda keltiradi? Bu tufayli biz bir-birimizni ko‘proq qadrlab, oramizdagi mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlaymiz. Mabodo birorta imondoshimiz qiynalib qolgudek bo‘lsa, unga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyormiz, axir biz u bilan qalin do‘stmiz-ku. (Hikmatlar 17:17) Jamoatimizning barcha a’zolari bilan muloqot qilib, ular haqida qayg‘urayotganimizni ko‘rsatamiz. (1 Korinfliklarga 12:25, 26)

Biz sizni Allohning irodasini bajarayotganlar bilan do‘stlashishga chorlaymiz. Bunday do‘stlarni Yahovaning Shohidlari orasidan topasiz. Biz bilan muloqot qilishingizga biror narsa xalal berishiga yo‘l qo‘ymang.

  • Yig‘ilishlarda o‘zaro muloqot qilish nega o‘zimiz uchun foydali?

  • Jamoatimiz bilan qachon tanishishni xohlar edingiz?