Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7- DARS

Yig‘ilishlarimiz qanday o‘tadi?

Yig‘ilishlarimiz qanday o‘tadi?

Yangi Zelandiya

Yaponiya

Uganda

Litva

Ilk masihiylarning yig‘ilishlari asosan qo‘shiqlar kuylash, ibodat qilish, Muqaddas Yozuvlarni o‘qish va muhokama qilish bilan o‘tardi. Hech qanday marosim o‘tkazilmasdi. (1 Korinfliklarga 14:26) Bugungi kunda bizning yig‘ilishlarimiz ham xuddi shunday o‘tadi.

Muqaddas Kitobga asoslangan amaliy yo‘l-yo‘riqlar. Hafta oxirida har bir jamoatda 30 daqiqali «Muqaddas Kitobga asoslangan nutq» so‘zlanadi. Nutqda hayotimiz va yashayotgan vaqtimizga doir oyatlar ko‘rib chiqiladi. Har birimiz o‘z Muqaddas Kitobimizni ochib, kuzata olamiz. Nutqdan so‘ng esa bir soatli «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Unda barcha istaganlar sharh berishlari mumkin. Bu muhokama bizga Muqaddas Kitobdagi yo‘l-yo‘riqlarni amalda qo‘llashga ko‘maklashadi. Butun dunyo bo‘ylab 120 000 dan ziyod jamoatning har birida bitta maqola tadqiq qilinadi.

Ta’lim berish mahoratimizni oshirishga ko‘maklashadi. Biz shuningdek, hafta o‘rtasida uch qismdan iborat yig‘ilishga qatnaymiz. Uchrashuvning nomi «Hayot tarzimiz va xizmatimiz» bo‘lib, har oy chiqadigan «Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi» asosida o‘tkaziladi. Birinchi qism «Alloh Kalomidagi xazinalar» bo‘lib, jamoat a’zolari oldindan o‘qib kelgan Muqaddas Kitobning muayyan parchasi bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradi. Keyingi qism «Xizmatda faol bo‘ling» deb nomlanadi va unda Muqaddas Kitob haqida gaplashishga ko‘maklashadigan namoyishlar ko‘rsatiladi. Maslahat berishga tayinlangan birodar ishtirokchilarni diqqat bilan kuzatib, o‘qish va so‘zlash mahoratlarini oshirishga yordam beradi. (1 Timo‘tiyga 4:13) Oxirgi qism nomi «Hayot tarzimiz» bo‘lib, savol-javob tariqasida o‘tkaziladi. Ushbu qismda Muqaddas Kitobdagi yo‘l-yo‘riqlarni amalda qanday qo‘llash mumkinligi muhokama qilinadi.

Yig‘ilishlarimizga qatnay boshlasangiz, u yerda Muqaddas Kitobga asoslangan sifatli ta’lim berilishini ko‘rib, qoyil qolishingiz shubhasizdir. (Ishayo 54:13)

  • Yahova Shohidlarining yig‘ilishlari qanday o‘tadi?

  • Har hafta o‘tadigan yig‘ilishlarimizdan qaysi biriga borishni istaysiz?