Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10- DARS

Oilaviy topinish nima o‘zi?

Oilaviy topinish nima o‘zi?

Janubiy Koreya

Braziliya

Avstraliya

Gvineya

Qadim zamonlardan Tangri Yahova, har bir oila birga vaqt o‘tkazishini va shu yo‘sinda U bilan hamda o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashini xohlardi. (Qonunlar 6:6, 7) Ana shu sababdan, Yahovaning Shohidlari oila bilan birga Xudoga topinish uchun har hafta muayyan vaqtni ajratishadi. O‘shanda ular ehtiyojga qarab, Muqaddas Kitobga asoslangan birorta mavzuni erkin muhitda muhokama qilishadi. Agar yolg‘iz yashasangiz, bu vaqtni Xudo bilan o‘tkazishingiz va o‘zingizga qulay bo‘lgan dastur bo‘yicha Muqaddas Kitobni tadqiq qilishingiz mumkin.

Tangri Yahovaga yaqinlashish uchun ajratilgan vaqt. «Allohga yaqinlashinglar, shunda U ham sizlarga yaqinlashadi». (Yoqub 4:8) Xudoning Kalomini o‘qish orqali Uning fazilatlariyu qilgan ishlarini batafsil o‘rganib, Tangri Yahovani yaxshiroq bilib olamiz. Oilaviy topinishni boshlashning oson bir yo‘li — Muqaddas Kitobni birgalikda ovoz chiqarib o‘qish. Buning uchun, masalan, «Hayot tarzimiz va xizmatimiz» dasturining haftalik jadvaliga amal qilsa bo‘ladi. Matnni oila a’zolaringizga taqsimlab, har biringiz Muqaddas Kitobdan shaxsan nimani o‘rganganingizni muhokama qilishingiz mumkin.

Oila a’zolari bir-biriga yaqinlashishi uchun ajratilgan vaqt. Oila bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilish eru xotinlarni, ota-ona va farzandlarni o‘zaro jipslashtiradi. Oilaviy topinish har hafta sabrsizlik bilan kutiladigan, quvonch va xotirjamlik keltiradigan bir hodisa bo‘lishi kerak. Ota-ona farzandlarining yoshiga qarab, masalan, «Qo‘riqchi minorasi»dan, jw.org veb-saytimiz yoki boshqa adabiyotlarimizdan biror mavzuni tanlab, muhokama qilishsa bo‘ladi. Yoki bolalaringiz maktabda qanday qiyinchilikka duch kelgani va uni qay yo‘sin yechish mumkinligi to‘g‘risida suhbatlashish mumkin. Yoxud JW Internet-televideniesidagi videolarni ko‘rib (tv.pr418.com), ularni birga muhokama qilish yaxshi natijalar beradi. Qolaversa, yig‘ilishda kuylanadigan qo‘shiqlarni mashq qilsa bo‘ladi. Shu yo‘sinda, oilaviy topinishdan keyin hordiq chiqarishingiz mumkin.

Har hafta birgalashib Tangri Yahovaga topinish uchun ajratiladigan bu o‘zgacha vaqt oila a’zolarining barchasiga Allohning Kalomidan zavq olishga ko‘maklashadi. Bu boradagi harakatlaringizga Egamiz baraka berishi shaksizdir. (Zabur 1:1–3)

  • Oilaviy topinishga nega vaqt ajratamiz?

  • Ota-ona bu vaqtni barcha oila a’zolari uchun qay yo‘sin qiziqarli qilib o‘tkazishi mumkin?