Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

12- DARS

Va’zgo‘ylik faoliyatimiz qanday tashkillashtirilgan?

Va’zgo‘ylik faoliyatimiz qanday tashkillashtirilgan?

Ispaniya

Belorussiya

Gonkong

Peru

Hazrati Iso vafot etishlaridan sal oldin: «Shohlik haqidagi xushxabar hamma xalqlarga shahodat berilishi uchun butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi. Ana o‘shandagina oxirat bo‘ladi»,— deb aytgan edilar. (Matto 24:14) Qiziq, bu umumjahon va’zgo‘ylik faoliyati qanday amalga oshirilar ekan? Iso payg‘ambarga taqlid qilibgina, bu ishni amalga oshirish mumkin. (Luqo 8:1)

Biz uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashishga harakat qilamiz. Iso alayhissalom shogirdlariga xushxabarni uyma-uy yurib va’z etishni o‘rgatganlar. (Matto 10:11–13; Havoriylar 5:42; 20:20) Milodiy birinchi asrda yashagan o‘sha xushxabar voizlariga va’zgo‘ylik uchun muayyan hududlar ajratib berilgan edi. (Matto 10:5, 6; 2 Korinfliklarga 10:13) Shu kabi, bizning faoliyatimiz ham yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lib, har bir jamoatga va’zgo‘ylik uchun hudud ajratib beriladi. Bu tufayli biz Hazrati Isoning «va’z qilib, keng shohidlik berish» amrini bajara olamiz. (Havoriylar 10:42)

Biz odamlarni uchratsa bo‘ladigan joylarga boramiz. Iso payg‘ambar odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda, masalan, dengiz bo‘yida yoki quduq oldida va’z qilib yaxshi namuna qoldirganlar. (Mark 4:1; Yuhanno 4:5–15) Biz ham odamlar bilan Muqaddas Kitob haqida suhbatlashgimiz keladi. Masalan ko‘cha-ko‘yda, ishxonalarda, bog‘larda va telefon orqali ular bilan gaplashishga harakat qilamiz. Shuningdek, qulay fursat tug‘ilganda, biz qo‘ni-qo‘shnilarimiz, ishdagi hamkorlarimiz, sinfdoshlarimiz va qarindosh-urug‘larimizga shahodat beramiz. Bu umumiy harakatlarning bari, butun jahon bo‘ylab millionlab insonlarga «najot haqidagi xushxabarni» eshitish imkonini yaratadi. (Zabur 96:2)

Siz Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi xushxabarni va odamlarni qanday kelajak kutayotganini kimlarga aytib berishingiz mumkin? Bu umid baxsh etuvchi xabar ichingizda qolib ketmasin. Uni iloji boricha tezroq boshqalarga yetkazing!

  • Qaysi «xushxabar» va’z qilinishi kerak?

  • Yahovaning Shohidlari Hazrati Isoning va’z etish usullariga qanday taqlid qilishyapti?