Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

13- DARS

Kashshoflar kim?

Kashshoflar kim?

Kanada

Uyma-uy xizmati

Muqaddas Kitob tadqiqi

Shaxsiy tadqiq

«Kashshoflar» deganda ko‘pincha yangi hududlarga yo‘l ochuvchilar nazarda tutiladi. Iso alayhissalomni ham kashshof bo‘lgan deyish mumkin. U kishi yer yuziga kelib, jonini to‘lov sifatida berganlar va odamzodga najot yo‘lini ochganlar. (Matto 20:28) Bugungi kunda Iso Hazratlarining izdoshlari undan o‘rnak olib, yangi shogirdlarni tayyorlashga ko‘p vaqt sarflashyapti. (Matto 28:19, 20) Ulardan ba’zilari kashshof bo‘lib xizmat qilishyapti.

Kashshoflar to‘la vaqtli xizmatchilardir. Tangri Yahovaning barcha Shohidlari xushxabar voizlaridir. Ammo ba’zilar hayotlarini shunday tashkillashtirishganki, doimiy kashshof bo‘lib har oy va’zgo‘ylik xizmatiga 70 soat vaqt sarflashmoqda. Buning uddasidan chiqish uchun ular ish vaqtini qisqartirishdi. Boshqalar esa va’zgo‘ylarga ehtiyoj katta bo‘lgan hududlarda xizmat qilish uchun maxsus kashshof etib tayinlanishadi. Ular har oy va’zgo‘ylik xizmatiga 130 soat yoki undan ko‘proq vaqt ajratishyapti. Kashshoflar oddiy umr kechirishadi, chunki Xudovand Yahova ularni tashlab qo‘ymasligiga va ehtiyojlari haqida g‘amxo‘rlik qilishiga ishonishadi. (Matto 6:31–33; 1 Timo‘tiyga 6:6–8) Doimiy kashshof sifatida to‘la vaqt xizmat qila olmaganlar ko‘makchi kashshof bo‘lib va’z qilishadi. Ular har oy va’zgo‘ylik xizmatiga 30 yoki 50 soat vaqt sarflashadi.

Kashshoflar Allohni va odamlarni yaxshi ko‘rishadi. Iso Hazratlari kabi biz ham ruhan ezilganlarga e’tibor beramiz va bugungi kunda bunday kishilar juda ko‘p. (Mark 6:34) Ular bilan kelajak haqidagi umidni baham ko‘rib, yordam qo‘lini cho‘zishimiz mumkin. Odamlarga bo‘lgan mehr-muhabbat, kashshofni boshqalarga ma’nan yordam berish uchun vaqt va kuchini ayamaslikka undaydi. (Matto 22:39; 1 Salonikaliklarga 2:8) Natijada, kashshof o‘z imonini mustahkamlaydi, Allohga yaqinlashadi va bundan katta quvonch his qiladi. (Havoriylar 20:35)

  • «Kashshof» deganda kim nazarda tutiladi?

  • Ba’zilarni to‘la vaqtli kashshof bo‘lishga nima undaydi?