Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14- DARS

Kashshoflar uchun qanday o‘quv tadbirlar mo‘ljallangan?

Kashshoflar uchun qanday o‘quv tadbirlar mo‘ljallangan?

Qo‘shma Shtatlar

Gilad maktabi (Patterson, Nyu-York shtati)

Panama

Yahovaning Shohidlari anchadan beri o‘z o‘quv tadbirlari bilan ajralib turishibdi. Bunday maxsus o‘quv tadbirlar bor vaqtini Xudo Shohligi haqida va’z qilishga va xizmatini to‘la ado etishga o‘zini bag‘ishlaganlarga taqdim etiladi. (2 Timo‘tiyga 4:5)

Kashshoflar maktabi. Bir yil to‘la vaqtli xizmatda bo‘lgan doimiy kashshof yaqin atrofdagi Yig‘ilish zalida o‘tadigan olti kunlik kursga taklif qilinadi. Bu maktabning maqsadi kashshof Yahovaga yanada yaqinlashishiga, va’zgo‘ylikning hamma sohasida samaraliroq bo‘lishiga hamda xizmatini sadoqat ila davom ettirishiga ko‘maklashishdir.

Shohlik xabarchilari maktabi. Ushbu ikki oylik kursda ehtiyoj bor bo‘lgan hududga ko‘chib borishga tayyor tajribali kashshoflar ta’lim olishadi. Ular yer yuzida xizmat qilgan Shohlikning Ulug‘ xabarchisi bo‘lmish Iso Masihga taqlid qilib, shunday deyishadi: «Men boraman! Meni yubor!» (Ishayo 6:8; Yuhanno 7:29) Uzoq o‘lkalarga ko‘chadiganlar soddaroq hayot kechirishga tayyor bo‘lishlari lozim. Madaniyat, iqlim va ovqat oldingidan umuman farq qilishi mumkin. Hattoki yangi tilni ham o‘rganish talab qilinar. Mazkur maktabda 23 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan juftliklar hamda turmush qurmagan birodaru opa-singillar ta’lim olishadi. Bu maktab ularning xizmatida asqatadigan ma’naviy hislatlar hamda ulardan Yahova va Uning tashkiloti to‘la ravishda qo‘llana olishi uchun ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabi. Ibroniy tilida «Gilad» so‘zi «guvohlik uyumi» ma’nosiga ega. Gilad maktabi 1943-yili tashkil etilgan. Bu vaqtdan buyon 8 000 dan ziyod bitiruvchi to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y sifatida samarali shohidlik berish uchun «yer chekkalarigacha» yuborilgan. (Havoriylar 13:47) Bitiruvchilar ilk bor Peruga kelishganida u yerda bironta ham jamoat yo‘q edi. Hozir esa Peruda 1 000 dan ziyod jamoat mavjud. To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar Yaponiyada xizmatini boshlashganda, u yerda hatto 10 ta ham va’zgo‘y yo‘q edi. Hozir esa ularning soni 200 000 dan ortiq. Gilad maktabining besh oylik ta’lim dasturi Xudo Kalomini sinchkovlik ila tadqiq qilishga qaratilgan. Bu maktabga maxsus kashshoflar, to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar, baytilchilar va tuman nozirlik ishida xizmat qilayotganlar taklif qilinadi. Maktabning intensiv ta’lim dasturi ularga dunyo bo‘ylab faoliyatimizni yanada mustahkam va barqaror qilishga ko‘maklashadi.

  • Doimiy kashshoflar maktabining maqsadi nimadan iborat?

  • Shohlik xabarchilari maktabi kimlar uchun mo‘ljallangan?