Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

17- DARS

Tuman nozirlari bizga qanday yordam berishadi?

Tuman nozirlari bizga qanday yordam berishadi?

Malavi

Amaliy maslahatlar

Va’zgo‘ylik xizmati

Oqsoqollar uchrashuvi

Muqaddas Kitobning Yunoncha yozuvlar qismida Barnabo hamda Pavlus ismli Xudoning xizmatchilari tez-tez tilga olingan. Bu kishilar ko‘chma nozirlar sifatida ilk jamoatlarga tashrif buyurishardi. Nima uchun? Chunki ular imondoshlarining farovonligi haqida qayg‘urishardi. Pavlusning o‘zi: «Birodarlarni yo‘qlab, ulardan hol-ahvol so‘raylik»,— deb aytgan. Ha, u imondoshlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yuzlab kilometr yo‘l yurishga tayyor bo‘lgan. (Havoriylar 15:36) Bugungi kundagi ko‘chma nozirlar ham xuddi shunday ruhni namoyon etishmoqda.

Ular bizga dalda berish uchun kelishadi. Har bir tuman noziri 20 yoki undan ziyod jamoatlarga tashrif buyuradi. U har biriga yilda ikki marta bir hafta vaqt ajratadi. Biz bunday birodarlarning va agar ular uylangan bo‘lishsa, rafiqalarining tajribasidan katta foyda olamiz. Ular yosh va keksa imondoshlarimiz bilan tanishib chiqishga harakat qilishadi. Bundan tashqari, ular biz bilan va’zgo‘ylik xizmatida yoki Muqaddas Kitob tadqiqida bajonidil hamkorlik qilishadi. Bunday birodarlar oqsoqollar bilan daldali tashriflarga borib, bizni ma’nan mustahkamlash uchun yig‘ilish va anjumanlarda ruhimizni ko‘taradigan nutqlar bilan chiqishadi. (Havoriylar 15:35)

Ular har birimizga e’tibor berishadi. Tuman nozirlarini jamoatlarning ma’naviy ahvoli juda qiziqtiradi. Ular oqsoqollaru jamoat xizmatkorlari bilan uchrashib, qanday yutuqlarga erishilganini ko‘rib chiqishadi. Keyin har biriga o‘z vazifasini yaxshiroq bajara olishi uchun amaliy maslahatlar berishadi. Shuningdek, ular kashshoflarga ham xizmatlarida muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun amaliy maslahatlar berib, jamoatga yangi qo‘shilganlar bilan tanishishdan va ma’nan o‘sayotganlari haqida eshitishdan xursand bo‘lishadi. Bu birodarlarning hammasi manfaatimiz uchun xizmat qilishga o‘z vaqtiyu kuchini jon deb bag‘ishlaydigan hamkorlarimizdir. (2 Korinfliklarga 8:23) Biz ularning imoni va xudojo‘yligiga ergashsak arziydi. (Ibroniylarga 13:7)

  • Tuman nozirlari jamoatlarga nima maqsadda tashrif buyurishadi?

  • Ularning tashrifidan siz qanday foyda olishingiz mumkin?