Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19- DARS

«Ishonchli va aqlli xizmatkor» kim?

«Ishonchli va aqlli xizmatkor» kim?

Barchamiz ma’naviy ozuqadan bahra olyapmiz

Hazrati Iso vafotidan sal oldin to‘rtta shogirdi — Butrus, Yoqub, Yuhanno va Idris bilan gaplashib o‘tirgandilar. U kishi o‘zining oxirzamonda hozir bo‘lishini qaysi belgidan bilib olish mumkinligini aytib, quyidagi muhim savolni ko‘targan edilar: «Uyidagilarga rizq-ro‘zni vaqtida berib turish uchun xo‘jayin ular ustidan tayinlagan ishonchli va aqlli xizmatkor kim?» (Matto 24:3, 45; Mark 13:3, 4) Iso payg‘ambar «xo‘jayin» sifatida oxirzamonda shogirdlarini ma’naviy ozuqa bilan uzluksiz ta’minlab turadigan kishilarni tayinlashiga ularni ishontirganlar. Bu «xizmatkor» kim ekan?

Isoning moylangan izdoshlaridan iborat bo‘lgan kichik guruh. «Xizmatkor» Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashidir. U Yahovaning barcha xizmatchilariga ma’naviy ozuqani vaqtida yetkazib turadi. Biz «rizq-ro‘zni vaqtida yetkazib turgan» xizmatkorning qaramog‘idamiz. (Luqo 12:42)

U Xudoning uyini boshqaradi. (1 Timo‘tiyga 3:15) Iso alayhissalom «xizmatkor» zimmasiga katta mas’uliyat yuklaganlar. Ularga Tangri Yahova tashkilotining yer yuzidagi qismini boshqarish, ya’ni bu tashkilotning mol-mulkiga qarab turish, voizlik faoliyatida yetakchilik qilish va jamoat orqali bizga ta’lim berish topshirilgan. Shunday ekan, bizni kerakli vaqtda zarur narsalar bilan ta’minlash uchun «ishonchli va aqlli xizmatkor» biz xizmatda foydalanayotgan adabiyot hamda yig‘ilishu anjumanlar dasturi orqali ma’naviy ozuqani yetkazib turadi.

«Xizmatkor» unga topshirilgan xushxabarni Muqaddas Kitobga asoslanib va’z etayotgani uchun ishonchli va Masihning yer yuzidagi mol-mulkini donolik bilan ishga solayotgani uchun aqlli deb atalgan. (Havoriylar 10:42) Tangri Yahova uning ishini barakali qilib, ma’naviy ozuqani mo‘l-ko‘l yetkazib beryapti. (Ishayo 60:22; 65:13)

  • Hazrati Iso shogirdlarini ma’naviy ozuqa bilan ta’minlash uchun kimni tayinlaganlar?

  • «Xizmatkor» qaysi ma’noda ishonchli va aqlli?