Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

20- DARS

Bugungi kunda Yetakchi kengash qanday faoliyat ko‘rsatyapti?

Bugungi kunda Yetakchi kengash qanday faoliyat ko‘rsatyapti?

Birinchi asrdagi yetakchi kengash

Yetakchi kengashning xatini o‘qishyapti

Birinchi asrda «Quddusdagi havoriylar va oqsoqollar»dan iborat bo‘lgan kichik bir guruh yetakchi kengash sifatida xizmat qilgan. Ushbu kengash vakillari, moylanganlardan tarkib topgan barcha masihiylar jamoatining foydasi uchun muhim qarorlar chiqarishgan. (Havoriylar 15:2) Ular yakdil qaror chiqarishdan avval, bu borada Muqaddas Yozuvlarda nima deyilganini muhokama qilib, Allohning ruhi boshqarishiga tayanishgan. (Havoriylar 15:25) Bugungi kunda ham xuddi shunday yo‘l tutiladi.

Alloh O‘z irodasini amalga oshirish uchun undan foydalanadi. Yetakchi kengashda xizmat qilayotgan moylangan birodarlar Xudoning Kalomini yuqori qadrlashadi. Qolaversa, ular ma’naviy ishlar bilan bog‘liq masalalarni yechishda ko‘p tajribaga ega. Ular umumjahon birodarligimizning ehtiyojlarini ko‘rib chiqish uchun har hafta yig‘ilib turishadi. Birinchi asrda bo‘lganidek, ular jamoatlarga xatlar yoki ko‘chma nozirlar orqali Muqaddas Kitobga asoslangan yo‘l-yo‘riqlarni yetkazib turishadi. Bu tufayli Allohning xalqi fikr va xatti-harakatda yakdil bo‘ladi. (Havoriylar 16:4, 5) Yetakchi kengash ma’naviy ozuqaning tayyorlanishi va mas’uliyatli birodarlar tayinlanishiga mas’ul. Shuningdek, u Shohlik haqidagi xushxabar yoyilishiga hissa qo‘shadi.

U Xudo ruhining boshqaruviga itoat qiladi. Yetakchi kengash Parvardigori Olam Yahovaning hamda jamoatning boshi bo‘lmish Iso alayhissalomning yo‘l-yo‘rig‘ini izlaydi. (1 Korinfliklarga 11:3; Efesliklarga 5:23) Uning a’zolari o‘zlarini Allohning xalqi ustidan boshliq deb hisoblashmaydi. Ular ham barcha moylangan masihiylar qatori «Qo‘zi [Iso] qayerga borsa, orqasidan ergashishadi». (Vahiy 14:4) Yetakchi kengash ular uchun qilgan ibodatlarimizni qadrlaydi.

  • Birinchi asrda yetakchi kengash kimlardan iborat bo‘lgan?

  • Bugungi Yetakchi kengash Allohning yo‘l-yo‘rig‘ini qay yo‘sin izlaydi?