Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

21- DARS

Baytil degani nima?

Baytil degani nima?

Badiiy bezak bo‘limi, AQSH

Germaniya

Keniya

Kolumbiya

Ibroniycha «Baytil» so‘zi «Xudoning uyi» degan ma’noni anglatadi. (Ibtido 28:17, 19, izoh) Bu nom Yahovaning Shohidlari dunyo bo‘ylab va’zgo‘ylik faoliyatini nazorat qilib, qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanayotgan binolarga to‘g‘ri keladi. Yetakchi kengash AQSHning Nyu-York shtatida joylashgan Bosh idorada xizmat qiladi. O‘sha yerdan ular ko‘p mamlakatlardagi filiallarning faoliyatini nazorat qilishadi. U yerda xizmat qilayotganlar Baytil oilasi, deb ataladi. Chunki ular oila kabi birga yashab, mehnat qilishadi, birga ovqatlanishadi va birgalashib Muqaddas Kitobni o‘rganishadi. (Zabur 133:1)

Bu o‘zgacha joyda oilaning har bir a’zosi fidoyidir. Baytilda yashovchi har bir erkak va ayol hayotini Xudoning irodasini bajarishga bag‘ishlagan va Xudo Shohligining manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda to‘la vaqt xizmat qiladi. (Matto 6:33) Ulardan hech biri maosh olmaydi. Lekin ular xona va ovqat bilan ta’minlangan bo‘lib, shaxsiy xarajatlari uchun moddiy yordam olishadi. Ofisda, oshxona yoki boshqa bir joyda bo‘ladimi — har biri o‘z vazifani bajaradi. Ba’zilar bosmaxonada, kirxona, ta’mirlash bo‘limi va hokazo joylarda xizmat qilishadi, boshqalar esa xonalarni saranjom-sarishta qilishadi.

Va’zgo‘ylik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan joy. Har bir Baytilning asosiy maqsadi imkon boricha ko‘p odamlarga Muqaddas Kitob haqiqatini yetkazishdir. Qo‘lingizdagi risola buning bir tasdig‘idir. Bu risola Yetakchi kengashning nazorati ostida yozilib, dunyo bo‘ylab yuzlab tarjima guruhlariga elektron formatda jo‘natilgan. Keyin esa Baytildagi bosmaxonalarda nihoyatda katta tezlikda ishlaydigan bosma mashinalarda nashr etilib, qariyb 120 000 dan ortiq jamoatlarga yuborilgan. Baytil oilasi mazkur jarayonda ishtirok etib, eng muhim topshiriq bajarilishiga, ya’ni xushxabar e’lon etilishiga hissa qo‘shmoqda. (Mark 13:10)

  • Baytilda kimlar xizmat qiladi va ular nima bilan ta’minlanadi?

  • Har bir Baytil qaysi shoshilinch ishga hissa qo‘shadi?