Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

23- DARS

Adabiyotlarimiz qanday yozilib tarjima qilinadi?

Adabiyotlarimiz qanday yozilib tarjima qilinadi?

Muharririyat bo‘limi, AQSH

Janubiy Koreya

Armaniston

Burundi

Shri Lanka

«Har bir millat, qabila, til va xalqqa» xushxabarni yetkazish uchun 900 dan ziyod tilda adabiyot chiqaramiz. (Vahiy 14:6) Bunday mushkul topshiriqni qay yo‘sin bajaramiz? Butun dunyo bo‘ylab yozuvchilarimiz va tarjimonlarimiz bor — ularning hammasi Yahovaning Shohidlari.

Dastlab matn ingliz tilida yoziladi. Muharririyat bo‘limi Bosh idorada joylashgan bo‘lib, Yetakchi kengash tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bo‘lim Bosh idorada va boshqa filiallarda xizmat qilayotgan yozuvchilarning vazifalarini boshqarib turadi. Muharririyat bo‘limi turli xodimlardan iborat bo‘lgani uchun har xil madaniyatdagi odamlarga ta’sir etadigan mavzularni yoza oladi. Shu sababli, adabiyotlarimiz turli xalq vakillariga manzur bo‘ladi.

Matn tarjimonlarga yuboriladi. Ma’lumot yozilganidan so‘ng tahrir qilinib, Yetakchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. Keyin esa dunyo bo‘ylab tarjima guruhlariga elektron formatda jo‘natiladi. Ular, o‘z navbatida, matnni tarjima qilib, tekshirib, xatolarini tuzatishadi. Tarjimonlar «haqiqat so‘zlarini» tanlashga harakat qilib, ingliz tilidan o‘z ona tillariga to‘liq ma’noni yetkazishadi. (Voiz 12:10)

Kompyuterlar ishni tezlashtiradi. Kompyuter yozuvchilarning va tarjimonlarning o‘rnini bosa olmaydi. Lekin u turli dasturlar, elektron lug‘atlar va ensiklopediyalar yordamida ishni tezlashtiradi. Yahovaning Shohidlari ko‘p tilli elektron nashriyot tizimi (MEPS)dan foydalanishadi. Bu orqali matn yuzlab tillarda kiritiladi va ilova qilingan rasmlar bilan birlashtirilib, chop etishga tayyorlanadi.

Muayyan tilda atigi bir necha mingta odam gaplashsa ham, nega bu ishni bajarishga intilamiz? Chunki Tangri Yahova «har turli odamlar haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lib, najot topishlarini istaydi». (1 Timo‘tiyga 2:3, 4)

  • Adabiyotlarimiz qanday yoziladi?

  • Nima sababdan adabiyotlarimizni shuncha ko‘p tilga tarjima qilamiz?