Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

24- DARS

Umumjahon ishimiz uchun mablag‘ni qayerdan olamiz?

Umumjahon ishimiz uchun mablag‘ni qayerdan olamiz?

Nepal

Togo

Britaniya

Tashkilotimiz har yili millionlab Muqaddas Kitob va boshqa adabiyotlarni nashr etib, bepul tarqatadi. Biz Yig‘ilish zallari va filiallarni qurib, ta’mirlab turamiz. Shu bilan birgalikda, minglab baytilchi va to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylarni qo‘llab-quvvatlaymiz hamda tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarga yordam beramiz. Bularning barchasiga mablag‘ni qayerdan olayotganimizga hayron bo‘layotgandirsiz?

Biz ushr talab qilmaymiz yoki pul undirmaymiz. Garchi va’zgo‘ylik faoliyatimiz uchun ko‘p xarajat qilinsa-da, biz homiy izlamaymiz. Yuz yildan ko‘proq vaqt oldin «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining ikkinchi nashrida shunday deyilgan edi: «Bizni Tangri Yahova qo‘llab-quvvatlayotganiga ishonamiz, shu sababli biz hech qachon odamlarga yalinib, yordam so‘ramaymiz». Chindan ham shunday. (Matto 10:8)

Bizning faoliyatimiz xayr-ehsonlar evaziga qoplanadi. Ko‘p odamlar Muqaddas Kitob ma’rifat ishimizni qadrlab, xayr-ehson qilishadi. Shohidlarning o‘zlari ham vaqt, kuch va mablag‘larini Xudovand Yahovaning irodasi butun yer yuzi bo‘ylab bajarilishiga bajonidil sarflashmoqda. (1 Solnomalar 29:9) Yig‘ilish zali va anjumanlarimizda xayr-ehson qutichalari bor va istagan kishi ehson qilishi mumkin. Qolaversa, jw.org saytimiz orqali ehson qilish iloji bor. Hazrati Iso ma’baddagi ehson qutichasiga ikki chaqa tashlagan kambag‘al beva ayol haqida maqtab gapirganlar. Shunga o‘xshab, ehsonlarning aksariyati boy bo‘lmagan odamlar tomonidan qilinadi. (Luqo 21:1–4) Shu yo‘sin, har kim «qurbi yetgancha», «ko‘nglida niyat etganini» ehson qilish uchun pul ajratib qo‘yishi mumkin. (1 Korinfliklarga 16:2; 2 Korinfliklarga 9:7)

Aminmizki, bundan buyon ham samimiy odamlar eng yaxshi narsalari bilan Tangri Yahovani ulug‘lab, Shohlik ishini qo‘llab-quvvatlashadi. (Hikmatlar 3:9)

  • Bizning tashkilotimiz boshqa dinlardan nimasi bilan farq qiladi?

  • Xayr-ehsonlar qanday sarflanadi?