Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

25- DARS

Yig‘ilish zallari nega va qay yo‘sin quriladi?

Yig‘ilish zallari nega va qay yo‘sin quriladi?

Boliviya

Nigeriya (ilgari va keyin)

Taiti

Muqaddas Kitobning asosiy mavzusi Xudoning Shohligidir va Iso alayhissalom aynan bu haqda va’z qilib yurganlar. (Luqo 8:1)

Ular haq topinish markazlaridir. Bu muayyan joylar bo‘lib, u yerda Yahovaning Shohidlari Shohlik haqidagi xushxabarni va’z qilishni o‘rganishadi. (Matto 24:14) Yig‘ilish zallarining o‘lchami va ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Lekin hamma zallarimiz oddiy va u yerda bittadan ko‘proq jamoatlar yig‘ila oladi. Va’zgo‘ylar va jamoatlarning soni ko‘paygani sababli, so‘nggi yillar davomida o‘n minglab (kuniga taxminan beshta) yangi Yig‘ilish zallari qurildi. Bu ish qanday amalga oshirildi? (Matto 19:26)

Ular xayr-ehsonlar evaziga quriladi. Bu xayr-ehsonlar filialga jo‘natiladi va jamoatlarning Yig‘ilish zalini qurish yoki tiklash ehtiyoji paydo bo‘lganda aynan shu pullar sarflanadi.

Ular turli ixtiyoriy xizmatchilar tomonidan quriladi. Ko‘p mamlakatlarda Yig‘ilish zallarini qurish guruhlari tashkillashtirilgan. Quruvchi xizmatchilar guruhi va ixtiyoriy ishchilar mamlakat ichida bir jamoatdan boshqasiga va hatto olis hududga ko‘chib o‘tishadi. Ular mahalliy jamoatlarga Yig‘ilish zalini qurishda yordam berishadi. Boshqa mamlakatlarda tajribali Shohidlar muayyan bir joyda Yig‘ilish zallarini qurish va qayta tiklashni nazorat qiladi. Garchi bunday tajribali quruvchilar har bir qurilishda yordam berishsa ham, asosiy ishni mahalliy jamoat a’zolaridan tarkib topgan ixtiyoriy ishchilar bajaradi. Darhaqiqat, Alloh Yahovaning ruhi hamda xalqining chin ko‘ngildan qilgan harakatlari tufayli bu ish amalga oshirilyapti. (Zabur 127:1; Kolosaliklarga 3:23)

  • Topinish joylarimiz nega Yig‘ilish zallari deb ataladi?

  • Qanday qilib butun dunyoda Yig‘ilish zallarini qursa bo‘ladi?