Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

26- DARS

Yig‘ilish zalimizga qanday g‘amxo‘rlik qilamiz?

Yig‘ilish zalimizga qanday g‘amxo‘rlik qilamiz?

Estoniya

Zimbabve

Mongoliya

Puerto-Riko

Yahova Shohidlarining har bir Yig‘ilish zali Allohning muqaddas ismi bilan bog‘liq. Bu joy muqaddas topinishimizning muhim bir qismi bo‘lgani uchun biz uni toza, ko‘rkam va yaxshi holatda saqlashni sharaf deb bilamiz. Bu ishda esa hamma ishtirok etishi mumkin.

Yig‘ilishdan keyin ixtiyoriy xizmatchilar zalni tozalashadi. Har bir yig‘ilishdan so‘ng birodaru opa-singillarimiz Yig‘ilish zalini yengil yig‘ishtirib qo‘yishsa-da, haftada bir marta uni yaxshilab tozalab chiqishadi. Bu ish maxsus ro‘yxat bo‘yicha bajariladi va oqsoqol yoki jamoat xizmatkori uni nazorat qiladi. Ehtiyojga ko‘ra har bir ko‘ngilli ishchiga supurish, pol yuvish, chang artish, o‘rindiqlarni tartibga solish, hojatxonani dezinfeksiya qilib yuvish, oyna va ko‘zgularni artish, chiqindilarni yig‘ishtirish va hovlini tozalash kabi ishlar taqsimlanadi. Yiliga kamida bir marta hashar qilinib, hamma yoq obdan tozalanadi. Ba’zi bir vazifalarni bolalarga ham bersa bo‘ladi, shu yo‘sin, ularga topinish joyimizga ehtirom ila munosabatda bo‘lishni o‘rgatamiz. (Voiz 5:1)

Ta’mirlash ishlarida ixtiyoriy xizmatchilar yordam beradi. Har yili Yig‘ilish zalida ichki va tashqi tomondan sinchiklab tekshiruv o‘tkaziladi. Bu tekshiruvga asosan, zalni yaxshi holatda saqlash maqsadida ta’mirlash ishlari bajariladi. Qolaversa, bu katta chiqimning oldini oladi. (2 Solnomalar 24:13; 34:10) Yig‘ilish zalini tozalash va ta’mirlash Xudoyimizga topinishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday ishlarda qatnashib, Tangri Yahovani yaxshi ko‘rishimizni va Unga topinadigan joyimizni qadrlayotganimizni ko‘rsatamiz. (Zabur 122:1) Shuningdek, bu boshqa odamlarda yaxshi taassurot qoldiradi. (2 Korinfliklarga 6:3)

  • Nega topinish joylarimizga beparvo bo‘lmasligimiz kerak?

  • Yig‘ilish zalini toza saqlash uchun qanday ishlar qilinadi?