Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

27- DARS

Yig‘ilish zalining kutubxonasi bizga qanday foyda keltiradi?

Yig‘ilish zalining kutubxonasi bizga qanday foyda keltiradi?

Isroil

Chexiya Respublikasi

Benin

Kayman orollari

Muqaddas Kitobdan ko‘proq bilim orttirish uchun tadqiq qilishni istaysizmi? Muqaddas Kitobdagi biron-bir oyat, shaxs, joy yoki narsa haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Balki biron-bir muammoingiz bilan kurashish uchun Xudoning Kalomidagi maslahatga muhtojdirsiz? Unda Yig‘ilish zalining kutubxonasidan foydalanishingiz mumkin.

U yerda tadqiq qilish uchun adabiyotlar bor. Ehtimol, Yahova Shohidlarining Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlaridan hammasi ham ona tilingizda chiqmagandir. Ammo Yig‘ilish zalining kutubxonasida so‘nggi adabiyotlarning aksariyati bo‘ladi. U yerda Muqaddas Kitobning turli tarjimalari, yaxshi lug‘atlar va boshqa foydali ma’lumot beradigan adabiyotlar bor. Yig‘ilishdan oldin yoki keyin ushbu kutubxonadan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bordi-yu, o‘sha yerda kompyuter bo‘lsa, unda «Elektron kutubxona» o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Mazkur dastur adabiyotlarimizning ko‘pini o‘z ichiga oladi va biron mavzu, so‘z yoki oyatni osongina topib, ko‘rib chiqsangiz bo‘ladi.

U «Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi» o‘quvchilari uchun foydalidir. Topshiriqlaringizni tayyorlayotib Yig‘ilish zalining kutubxonasidan unumli foydalansangiz bo‘ladi. Uni «Hayot tarzimiz va xizmatimiz» uchrashuvining noziri nazorat qiladi. Qolaversa, u kutubxonada so‘nggi adabiyotlar bo‘lishiga va ular yaxshi holatda saqlanishiga javobgar hisoblanadi. Ushbu nozir yoki siz bilan tadqiq o‘tayotgan kishi kerakli ma’lumotni qanday topishni sizga ko‘rsatib berishi mumkin. Biroq Yig‘ilish zalining kutubxonasidan adabiyot olib chiqish mumkin emas. Albatta, biz kitoblarni avaylab tutishni va ularga hech qanday belgi qo‘ymaslikni istaymiz.

Muqaddas Kitobda aytilishicha, «Xudo haqida bilimga ega bo‘lish» uchun uni «yashirin xazinaday qidirishimiz» zarur. (Hikmatlar 2:1–5) Yig‘ilish zalining kutubxonasi bu borada sizga yordam bera oladi.

  • Yig‘ilish zalining kutubxonasida tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan qanday adabiyotlar bor?

  • Kutubxonadan unumli foydalanishni sizga kim o‘rgatishi mumkin?