Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

28- DARS

Veb-saytimizda nimalarni topsa bo‘ladi?

Veb-saytimizda nimalarni topsa bo‘ladi?

Fransiya

Polsha

Rossiya

Iso Masih izdoshlariga shunday degan: «Nuringiz insonlar oldida porlab tursin, toki ular yaxshi ishlaringizni ko‘rib, osmondagi Otangizni sharaflashsin». (Matto 5:16) Ushbu oxirzamon paytida biz zamonaviy texnologiyadan, jumladan, internetdan to‘g‘ri foydalanib kelyapmiz. Bizning jw.org nomli rasmiy saytimiz, Yahovaning Shohidlari faoliyati va e’tiqodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning manbaidir. Bu saytda nimalar bor?

Tez-tez beriladigan savollarga Muqaddas Kitobdan javoblar. U yerdan siz odamlarni bezovta qiladigan va muhim bo‘lgan turli savollarga javoblarni topa olasiz. Masalan, «Azoblarning oxiri bormi?» va «O‘lganlar yana yashashi mumkinmi?» nomli buklamalar 900 dan ziyod tilda mavjud. Shuningdek, u yerdan siz ko‘p tillarda nashr etilgan «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ni 160 dan ziyod tilda va Muqaddas Kitobni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan ba’zi qo‘llanmalarni, jumladan, «Muqaddas Kitob ta’limotlari» deb nomlangan kitobni, «Qo‘riqchi minorasi» hamda «Uyg‘oning!» jurnallarining so‘nggi sonlarini ko‘rishingiz mumkin. Mazkur adabiyotlarning aksariyatini saytimizda joylashgan PDF yoki EPUB formatlarida o‘qishingiz, MP3 audio yozuvlarini tinglash yoxud yuklab olishingiz mumkin. Siz hatto qiziquvchi uchun uning ona tilida biron adabiyotning bir nechta sahifasini bosib chiqarishingiz mumkin! Bundan tashqari, imo-ishora tilida bir qancha video adabiyotlar bor. Boz ustiga, Muqaddas Kitobning badiiy qiroati, audio dramalar hamda bo‘sh vaqtingizda zavq bilan tinglaydigan ohanrabo kuylarni yuklab olsangiz bo‘ladi.

Yahovaning Shohidlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot. Bu saytdan, shuningdek, umumjahon faoliyatimiz haqidagi so‘nggi yangiliklarni o‘qishingiz, videolavhalarni tomosha qilishingiz hamda gumanitar yordam ko‘rsatish ishlarimiz borasida bilib olishingiz mumkin. Ustiga-ustak, yaqinlashib kelayotgan anjumanlar va turli joylardagi filiallarimiz haqida ma’lumot topasiz.

Bularning barchasi haqiqat nurini dunyo chetlariga qadar taratayotganimizdan darak beradi. Dunyodagi barcha odamlar, hatto Antarktidada yashovchilar ham bundan foyda olyaptilar. Shunday ekan, butun yer yuzi bo‘ylab Tangri Yahova ulug‘lanishi uchun Uning Kalomi «tez tarqalishi» haqida ibodat qilamiz. (2 Salonikaliklarga 3:1)

  • jw.org sayti ko‘pchilikka Muqaddas Kitobdagi haqiqatni bilib olishga qanday yordam bermoqda?

  • Veb-saytimizdan nimani bilib olishni istardingiz?