Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nahotki bu Xudoning irodasi bo‘lsa?

Nahotki bu Xudoning irodasi bo‘lsa?

GAZETA, televizor, radio yoki Internetda dunyoda jinoyatchilik, urushlar va terrorizm avjiga chiqayotganini o‘qiysiz va ko‘rasiz. Ehtimol, siz ham sog‘ligingiz zaiflashib borayotganidan yoki yaqin kishingiz hayotdan ko‘z yumganidan qayg‘u chekayotgandirsiz.

Sizda shunday savollar tug‘ilishi tabiiy:

  • Nahotki Xudo men va oilam shunday azob chekishimizni istasa?

  • Muammolarimni yechish uchun qayerdan yordam izlay?

  • Butun yer yuzida qachondir tinchlik o‘rnatiladimi?

Muqaddas Kitobda bu savollarga ishonchli javoblar bor.

MUQADDAS KITOBDA YOZILISHICHA, XUDO YER YUZIDA QUYIDAGI AJOYIB ISHLARNI AMALGA OSHIRADI:

MUQADDAS KITOBNI TADQIQ QILISHNING FOYDASI

Ushbu kitobning oldingi sahifalarida yozilgan so‘zlar xomxayolday tuyulishi mumkin. Biroq Alloh tez orada yer yuzida shunday o‘zgarishlar qilishni va’da beryapti. Muqaddas Kitobda U buni qanday amalga oshirishi tushuntirilgan.

Lekin Muqaddas Kitobdan boshqa ko‘p narsalar haqida ham bilib olishimiz mumkin. Unda hozirning o‘zida mazmunli va baxtli hayot kechirish uchun nimalarni bilishimiz kerakligi haqida yozilgan. Bir zumga to‘xtab, shaxsiy muammo va tashvishlaringiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, moddiy qiyinchilik, oilaviy muammolar, sog‘liq zaiflashishi yoki yaqin kishingizning vafoti tufayli qayg‘urayotgandirsiz. Muqaddas Kitobdagi maslahatlar ushbu muammolarni yengishingizga va quyidagi savollarga javob topib, tasalli olishingizga yordam beradi:

Bu kitobni o‘qiyotgan ekansiz, demak, Muqaddas Kitob ta’limotlarini bilmoqchisiz. Mazkur kitob sizga yordam beradi. E’tibor bersangiz, sahifalarning pastki qismida har bir xatboshi uchun savollar keltirilgan. Ular Muqaddas Kitobni yaxshiroq tushunishingizga ko‘maklashadi. Millionlab insonlarga Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilish zavq keltiryapti. Bu sizga ham yoqishiga umid qilamiz. Muqaddas Kitob ta’limotlarini o‘rganar ekansiz, Xudo sizga baraka berishini tilab qolamiz!