Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-SAVOL

Xatolarimni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi?

Xatolarimni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi?

NEGA BU MUHIM?

Xatolaringizni tan olsangiz, yanada mas’uliyatli va ishonchli kishi bo‘lasiz.

SIZ QANDAY YO‘L TUTGAN BO‘LARDINGIZ?

Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: Tim do‘stlari bilan o‘ynayotganda, koptokni shunday otadiki, u qo‘shnisining mashinasiga tushib, oynasini sindiradi.

Agar Timning o‘rnida bo‘lganingizda, nima qilardingiz?

TO‘XTAB, O‘YLAB KO‘RING!

SIZDA UCHTA YO‘L BOR:

  1. Qochib ketish

  2. Aybni boshqasiga to‘nkash

  3. Qo‘shningizga nima bo‘lganini aytib, zararni to‘lashni taklif qilish

Sizda 1-yo‘lni tanlash vasvasasi paydo bo‘lishi mumkin. Oynani sindirasizmi yoki boshqa bir ish qilib qo‘yasizmi, xatolaringizni tan olish uchun doim asosli sabablar bor.

XATOLARNI TAN OLISH UCHUN 3 TA SABAB

  1. Bunday qilish to‘g‘ridir.

    Allohning Kalomida: «Har narsada halol bo‘lishni istaymiz»,— deb yozilgan. (Ibroniylarga 13:18)

  2. Xatolarini tan olgan odamni kechirish osonroqdir.

    Muqaddas Kitobda quyidagicha aytilgan: «O‘z gunohlarini yashirgan yutuqqa erishmaydi, ularni tan olib, voz kechgan marhamat topadi». (Hikmatlar 28:13)

  3. Eng muhimi, bu Xudoga ma’quldir.

    Muqaddas Yozuvlarda shunday so‘zlar qalamga olingan: «Egamizga yovuzlar jirkanchdir, U to‘g‘ri odamga yaqin bo‘ladi». (Hikmatlar 3:32)

AQShlik 20 yoshli Karina mashinani haydayotganda tezlikni oshirgani uchun jarima qog‘ozini olgandi. U buni dadasidan yashirmoqchi bo‘ldi. Lekin u buni umrbod yashira olmasdi. Karina quyidagicha dedi: «Taxminan bir yildan keyin dadam bu haqda bilib qoldi. O‘ziyam o‘shanda rosa muammo bo‘ldi».

Xo‘sh, Karina bundan qanday saboq oldi? U shunday deb bo‘lishdi: «Xatolarni yashirish vaziyatni chigallashtiradi, xolos. Axir bir kun kelib xatolaringiz uchun baribir javob berishga to‘g‘ri keladi».

XATOLARDAN QANDAY SABOQ OLSA BO‘LADI?

Xudoning Kalomida: «Barchamiz tez-tez xato qilib turamiz»,— deb yozilgan. (Yoqub 3:2) Xatolarni tan olish va buni shu zahotiyoq qilish — kamtarinlik va yetuklikning belgisidir.

Keyingi qadam — xatolaringizdan saboq olishdir. Vera ismli bir qiz shunday fikr bildirdi: «Men har bir xatoyimdan o‘zim uchun saboq olishga harakat qilaman. Xatolarimdan kelasi safar shunday vaziyatda boshqacha yo‘l tutishim va yaxshilanishim kerakligini o‘rganaman». Keling, buni qanday qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik.

Siz akangizning velosipedini foydalanishga olib, uni buzib qo‘yasiz. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?

  • Akangiz buni koʻrib qolmaydi, deb umid qilib, unga bu haqda indamaysiz.

  • Nima boʻlgani haqida akangizga hammasini aytib berasiz.

  • Akangizga nima bo‘lganini aytib berasiz-u, ammo aybni boshqasiga toʻnkaysiz.

Test sinoviga tayyorgarlik ko‘rmaganingiz uchun undan o‘ta olmaysiz. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?

  • Test savollari judayam qiyin boʻldi, deb aytasiz.

  • Past baho olganingizda oʻzingiz aybdor ekaningizni tan olasiz.

  • Oʻqituvchi sizni yoqtirmaydi, deb bahona qilasiz.

O‘tmishdagi xatolar haqida o‘ylab yurish, mashinani haydayotganda orqa tarafni ko‘rsatuvchi oynaga tikilib qarashga o‘xshaydi

Endi yuqoridagi vaziyatlarga qaytib, oʻzingizni 1) akangiz va 2) oʻqituvchingiz oʻrniga qoʻyib koʻring. Agar xatolaringizni tayyorlik ila tan olsangiz, akangiz va oʻqituvchingiz siz haqingizda qanday fikrda boʻlishadi? Xatolaringizni yashirganingizda esa ular siz haqingizda nima deb oʻylashadi?

Endi esa o‘tgan yili qilgan xatoyingiz borasida o‘ylab ko‘ring va quyidagi savollarga javob bering:

Xato nimadan iborat edi? Bu xatoni qanday to‘g‘riladingiz?

  • Men uni yashirdim.

  • Aybni boshqaga toʻnkadim.

  • Xatoyimni tayyorlik ila tan oldim.

Xatoyingizni tan olmagan bo‘lsangiz, bundan so‘ng o‘zingizni qanday his qilgansiz?

  • Zoʻr, chunki suvdan quruq chiqdim!

  • Aybdor, sababi rostini aytishim kerak edi.

Vaziyatdan chiqishning yanada yaxshiroq yo‘li bormi?

Xatoyingizdan nimani o‘rgandingiz?

NIMA DEB O‘YLAYSIZ?

Nega ba’zi odamlar xatolarni tan olishni orqaga surishadi?

Xatolaringizni doimo yashirishga harakat qilsangiz, odamlar siz haqingizda qanday fikrga borishadi? Xatolaringizni tan olsangiz-chi? (Luqo 16:10)