Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-DARS

Xudo yeru osmonni yaratadi

Xudo yeru osmonni yaratadi

Tangri Yahova bizning Yaratuvchimiz. U barcha narsani — biz ko‘ra oladigan va ko‘ra olmaydigan narsalarni yaratgan. Biz ko‘ra oladigan narsalarni yaratishdan oldin, U judayam ko‘p farishtalarni yaratgan. Farishtalar kim ekanini bilasizmi? Ular Yahovaning xizmatchilari va ular Unga o‘xshaydi. Biz Xudoni ko‘ra olmaganimizday, farishtalarni ham ko‘ra olmaymiz. Yahova yaratgan birinchi farishta Unga yordamchi bo‘lgan. Bu farishta yulduzlarni, sayyoralarni va boshqa barcha narsalarni yaratishda Yahovaga ko‘maklashgan. Bunday sayyoralardan biri Yer va u bizning chiroyli uyimiz.

Yahova yerni insonlar va hayvonlar yashashi uchun tayyorlagan. Yerga nur sochishi uchun quyosh nurlarini unga yo‘naltirgan. U tog‘lar, okeanlar va daryolarni yaratgan.

Keyin nima bo‘lgan? Yahova: «Men o‘t-o‘lan, o‘simliklar-u daraxtlarni yarataman»,— deb aytdi. Shunda turli xil mevalar, sabzavotlar va gullar o‘sib chiqa boshladi. So‘ng Yahova barcha hayvonlarni — uchadigan, suzadigan, o‘rmalaydigan va sudralib yuradigan hayvonlarni yaratdi. Quyon kabi kichik hayvonlardan tortib, fil kabi katta hayvonlargacha yaratdi. Siz qaysi hayvonni yaxshi ko‘rasiz?

Bularni qilib bo‘lgach, Yahova birinchi farishtaga: «Odamni yarataylik»,— dedi. Odamlar hayvonlardan farq qiladi. Ular narsalarni ixtiro qila oladi. Yana ular gapirishni, kulishni va ibodat qilishni biladi. Ular yerni parvarishlab, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak edi. Birinchi odam kim bo‘lganini bilasizmi? Keling, bilib olamiz.

«Boshida Alloh osmon bilan yerni yaratdi». (Ibtido 1:1)