Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6-DARS

Sakkiz kishi omon qoladi

Sakkiz kishi omon qoladi

Nuh va oilasi hayvonlar bilan birga kemaga kirishdi. Yahova ularning ortidan eshikni yopgach, yomg‘ir quyib yubordi. Shunchalik ko‘p yomg‘ir yog‘diki, kema suza boshladi. Oxiri butun yer yuzi suv bilan qoplandi. Kema tashqarisidagi barcha yomon odamlar halok bo‘lishdi. Nuh va oilasi esa kemaning ichida omon qolishdi. Ular Yahovaga quloq solishgani uchun qanchalik xursand bo‘lishganini bir tasavvur qiling!

Yomg‘ir 40 kecha-yu 40 kunduz yog‘ib, keyin tindi. Sekin-asta suv pasayib, kema tog‘lar ustida to‘xtadi. Lekin hamma joyni hali suv qoplab turgani uchun Nuh va oilasi kemadan chiqa olishmadi.

Suv oz-ozdan quridi. Nuh va oilasi bir yildan oshiq vaqt davomida kema ichida qolishdi. So‘ng Yahova ular kemadan chiqishi mumkinligini aytdi. Nuh va oilasi Yahova ularni asrab qolgani uchun minnatdorchilik tariqasida Unga qurbonlik keltirishdi.

Bu qurbonlik Yahovaga yoqdi. U va’da berib, yer yuzidagi barcha narsani to‘fon orqali boshqa yo‘q qilmasligini aytdi. Ushbu va’dasini tasdiqlash uchun Xudo osmonda ilk kamalakni paydo qildi. Siz kamalakni hech ko‘rganmisiz?

Shuningdek, Yahova Nuh bilan oilasiga farzandli bo‘lib, yer yuzini to‘ldirishni buyurdi.

«To‘fon kelib barini qirib tashlamaguncha, [odamlar] parvo qilishmagan». (Matto 24:39)