Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7-DARS

Bobil minorasi

Bobil minorasi

To‘fondan keyin Nuhning o‘g‘illari ko‘p farzandli bo‘lishdi. Ularning oilalari kattalashib, Yahova ularga buyurganiday, yerning turli chetlariga tarqala boshlashdi.

Ammo ba’zi oilalar Yahovaga quloq solmadi. Ular shunday deyishdi: «Kelinglar, bitta shahar qurib, shu yerda qolaylik. Osmono‘par bir minora barpo etaylik. Shunda mashhur bo‘lib ketamiz».

Bu odamlarning qilayotgan ishini ko‘rib Yahova xafa bo‘ldi va ularni to‘xtatishga qaror qildi. U nima qilganini bilasizmi? Xudo ularni har xil tilda gapiradigan qilib qo‘ydi. Ular bir-birini tushuna olmagani uchun qurilishni to‘xtatishdi. Ular qurayotgan shahar Bobil deb tanildi. Bu nom «aralashuv» degan ma’noni anglatadi. Keyin odamlar tarqalib, butun yer yuzi bo‘ylab yashay boshlashdi. Ammo ular ko‘chib borgan joylarida ham yomonlik qilishdan to‘xtashmadi. Bu odamlarning ichida kimdir Yahovani yaxshi ko‘rganmi? Buni keyingi darsdan bilib olamiz.

«Kim o‘zini yuqori tutsa — pasaytiriladi, kimki o‘zini past olib yursa — yuksaltiriladi». (Luqo 18:14)