Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8-DARS

Ibrohim va Sora Xudoga quloq soladi

Ibrohim va Sora Xudoga quloq soladi

Bobildan uncha uzoq bo‘lmagan yerda Ur degan shahar bor edi. O‘sha yerdagi odamlar Yahovaga emas, boshqa xudolarga sig‘inishardi. Ammo shu shaharda faqatgina Yahovaga topinadigan bir kishi bor edi. Uning ismi Ibrohim edi.

Yahova Ibrohimga: «Uyingni va qarindosh-urug‘laringni qoldirib, Men senga ko‘rsatadigan yurtga bor»,— deb aytdi. So‘ng Xudo unga shunday va’da berdi: «Sendan katta bir xalq paydo bo‘ladi. Menga sadoqatli bo‘lganing uchun yer yuzidagi ko‘p xalqlarga yaxshilik qilaman».

Yahova uni qayerga yuborayotganini bilmasa-da, Ibrohim Yahovaga tayandi. Shunday qilib, Ibrohim xotini Sora, otasi Terah va jiyani Lut bilan birgalikda narsalarini yig‘ishtirdi. Ular Yahovaga itoat etib, uzoq safarga chiqishdi.

Ibrohim o‘z oilasi bilan Tangri Yahova ularga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yurtga yetib kelganida 75 yoshda edi. Bu yurtning nomi Kan’on edi. O‘sha yerda Alloh Ibrohimga gapirib: «Sen ko‘rib turgan mana shu butun yurtni farzandlaringga beraman»,— deb va’da qildi. Ammo Ibrohim bilan Sora qarib qolishgandi va bitta ham farzandlari yo‘q edi. Unda Yahova qanday qilib bu va’dasini amalga oshiradi?

«Imoni orqali Ibrohim payg‘ambar... Unga itoat etib, Xudo unga va’da qilgan joyga ketgan. Hatto o‘zi qayerga ketayotganini bilmasa-da, yo‘lga tushgan». (Ibroniylarga 11:8)