Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

18-DARS

Yonayotgan buta

Yonayotgan buta

Muso 40 yil davomida Midiyon yurtida yashadi. U uylanib, bola-chaqali bo‘ldi. Bir kuni u Sinay tog‘i yaqinida qo‘ylarini boqib yurganida, ajoyib bir narsaga ko‘zi tushdi. Bir buta yonayotgan edi, lekin yonib tugamayotgandi! Muso yaqinroq borib qarayman desa, buta orasidan shunday ovoz eshitildi: «Muso! Bu yerga yaqinlashma. Oyog‘ingdagi sandalni yech, chunki sen turgan joy muqaddasdir». Bu Yahovaning ovozi edi. U farishta orqali gapirayotgandi.

Muso qo‘rqqanidan yuzini yopib oldi. O‘sha ovoz unga shunday dedi: «Men isroilliklarning azob chekayotganini ko‘rdim. Men ularni misrliklar qo‘lidan xalos etib, yaxshi yurtga olib kiraman. Sen xalqimni Misrdan olib chiqasan». Buni eshitib Muso rosa hayratda qoldi.

Muso: «Mabodo xalq meni kim yuborganini so‘rasa, nima deb aytay?» — deb so‘radi. Xudo esa: «Ularga seni Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Tangrisi Yahova yuborganini ayt»,— dedi. Shunda Muso: «Agar xalq menga quloq solishni xohlamasa-chi?» — deb aytdi. Yahova Musoni yordam berishiga ishontirdi. U Musoga tayog‘ini yerga tashlashni buyurdi. Shunda tayoq ilonga aylandi. Muso ilonning dumidan ushlashi bilan u yana tayoqqa aylandi. Yahova: «Bu mo‘jiza seni Men yuborganimni tasdiqlaydi»,— dedi.

Muso: «Men yaxshi gapira olmayman»,— dedi. Yahova unga: «O‘zim senga nima deyish kerakligini o‘rgataman va akang Horunni senga yordamga yuboraman»,— deb va’da berdi. Yahova u bilan ekanini bilib, Muso xotini va o‘g‘illarini oldi-da, Misrga qarab ketdi.

«Nima deyman, qanday gapiraman deb tashvishlanmanglar, chunki nima deyish kerakligini o‘sha paytning o‘zida bilib olasizlar». (Matto 10:19)