Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

72-DARS

Isoning o‘smirlik chog‘i

Isoning o‘smirlik chog‘i

Yusuf va Maryam farzandlari bilan Nosira shahrida yashashardi. Yusuf duradgorlik qilib oilasini boqardi va ularga Yahova hamda Uning Qonuni haqida o‘rgatardi. Ular topinish uchun doimiy ravishda ibodatxonaga va har yili Fisih bayramini nishonlash uchun Quddusga borishardi.

Iso 12 yoshligida ular odatdagiday uzoq yo‘l yurib Quddusga borishdi. Fisih bayramini nishonlash uchun shaharga ko‘p odamlar kelgandi. Bayramdan so‘ng, Yusuf va Maryam o‘z uyiga yo‘l olishdi. Ular Iso boshqalar bilan kelyapti, deb o‘ylashdi. Ammo uni qarindoshlari orasidan izlab topa olishmadi.

Keyin ular Quddusga qaytib, Isoni uch kun qidirishdi. Oxiri uni izlab ma’badga borishdi. O‘sha yerda Iso din muallimlari orasida ularni tinglab, savollar berib o‘tirardi. Din muallimlari Isoning gaplaridan lol qolib, unga savollar bera boshlashdi va Isoning javoblariga hayron qolishdi. Ular Iso Xudoning Qonunini yaxshi bilishini ko‘rishdi.

Yusuf bilan Maryam rosa tashvishlanishdi. Maryam shunday dedi: «O‘g‘lim, seni hamma joydan qidirdik. Qaerda eding?» Iso unga javoban: «Otamning uyida bo‘lishim kerakligini bilmas edingizmi?» — dedi.

Iso ota-onasi bilan Nosiraga, uyiga qaytib ketdi. Yusuf unga duradgorlik ishini o‘rgatdi. Nima deb o‘ylaysiz, Iso o‘smirligida qanday bola bo‘lgan? U ulg‘aygani sayin donoligi oshardi. Tangrining va odamlarning nazarida iltifotga sazovor bo‘lardi.

«Sening irodangni bajarishdan zavq topaman, ey Tangrim, qonuning qalbim to‘ridadir». (Zabur 40:8)