Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

76-DARS

Iso ma’badni tozalaydi

Iso ma’badni tozalaydi

Milodiy 30-yilning bahorida Iso Quddusga bordi. U yerga ko‘p odamlar Fisih bayramini nishonlash uchun kelgan edi. Bayram paytida ular hayvonlarni qurbonlikka keltirardi. Ba’zilar hayvonlarni o‘zi bilan olib kelardi, boshqalar esa Quddusda sotib olardi.

Iso ma’badga kirganida, odamlar hayvonlarni sotib o‘tirganini ko‘rdi. Ular Yahovaga topinadigan joyda o‘zlari uchun pul ishlayotgan edi. Buni ko‘rib Iso nima qildi? U arqonlardan qamchi yasab, qo‘y va ho‘kizlarni ma’baddan haydab chiqardi. Pul almashtirayotganlarning peshtaxtalarini ag‘darib, tangalarini sochib yubordi. Kaptar sotayotganlarga esa: «Bularni yo‘qotinglar bu yerdan! Otamning uyini bozorga aylantirmanglar!» — dedi.

Iso nima qilganini ko‘rib, ma’baddagi odamlar hayron qolishdi. Uning shogirdlari esa Masih haqidagi quyidagi bashoratni eslashdi: «Yahovaning uyini qattiq yaxshi ko‘raman».

Oradan vaqt o‘tib, milodiy 33-yili Iso ikkinchi marta ma’badni tozaladi. U hech kim Otasining uyiga hurmatsizlik qilishiga yo‘l qo‘ymadi.

«Sizlar ham Xudoning, ham boylikning qullari bo‘la olmaysizlar». (Luqo 16:13)