Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

93-DARS

Iso osmonga qaytadi

Iso osmonga qaytadi

Iso shogirdlari bilan Jalilada uchrashdi va ularga quyidagi muhim amrni berdi: «Boringlar, barcha xalqlardan shogird tayyorlanglar. Sizlarga nimani o‘rgatgan bo‘lsam, ularga ham shuni o‘rgatinglar va ularni suvga cho‘mdiringlar». So‘ngra shunday va’da berdi: «Yodda tutinglar, men hamisha sizlar bilan bo‘laman».

Iso tirilganidan so‘ng, 40 kun mobaynida Jalila va Quddusda yuzlab shogirdlariga ko‘rindi. Iso ularga muhim saboqlar berdi va ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatdi. Keyin Iso havoriylari bilan Zaytun tog‘ida oxirgi marta uchrashdi. Iso shunday dedi: «Quddusdan ketmay, Otamning va’dasi amalga oshishini kutinglar».

Ammo havoriylar Iso nima demoqchi ekanini tushunishmadi. Shu bois, undan: «Siz hozir Isroilning shohi bo‘lishingiz kerak emasmi?» — deb so‘rashdi. Iso ularga javoban dedi: «Yahova meni Shoh etib tayinlaydigan vaqt hali kelmadi. Tez orada ustingizga muqaddas ruh tushib, kuchga to‘lasizlar va mening shohidlarim bo‘lasizlar. Boringlar, Quddus, Yahudiya, Samariya va yerning olis joylarida va’z qilinglar».

Keyin Iso osmonga ko‘tarildi va bulutlar uni to‘sib qo‘ydi. Shogirdlar osmonga qarab turaverdi, ammo Iso ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi.

Ular Zaytun tog‘idan tushib, Quddusga ketishdi. So‘ng bir uyning boloxonasida muntazam ravishda yig‘ilib, ibodat qilib turishdi. Shogirdlar Iso yangi yo‘l-yo‘riqlar berishini kutishdi.

«Shohlik haqidagi xushxabar hamma xalqlarga shahodat berilishi uchun butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi. Ana o‘shandagina oxirat bo‘ladi». (Matto 24:14)