Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yetakchi kengashdan xat

Yetakchi kengashdan xat

Aziz o‘quvchilar!

Yahovaning xizmatchilari sifatida biz Uning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitobni yaxshi ko‘ramiz. U tarixiy jihatdan aniqligiga, unda amaliy va ishonchli yo‘l-yo‘riqlar yozilganiga aminmiz. Uni o‘qib, Yahova insoniyat oilasini qanchalik yaxshi ko‘rishini bilib olyapmiz. (Zabur 119:105; Luqo 1:3; 1 Yuhanno 4:19) Biz boshqa insonlar ham Xudoning Kalomidagi bebaho haqiqatlarni bilib olishini chin dildan istaymiz. Shu bois, «Muqaddas Kitob hikoyalaridan saboqlar» nomli ushbu kitobni sizlarga taqdim etishdan nihoyatda xursandmiz. Endi bu kitob haqida qisqacha to‘xtalsak.

Bu kitob asosan bolalar uchun mo‘ljallangan. Ammo Muqaddas Kitob to‘g‘risida ko‘proq bilishni istovchi kattalarga ham bu kitob yordam berishi mumkin. Muqaddas Kitob hamma insonlar uchun yozilgan ekan, u chinakamiga baxtli bo‘lishimizga yordam beradi. Undagi saboqlarga yana bir nazar solish, barchamizga foyda keltirishi shubhasiz.

Mazkur kitobda insoniyat oilasi yaratilganidan buyon sodir bo‘lgan voqealar qalamga olingan va ular Muqaddas Kitobda yozilganlarga asoslangan. Muqaddas Kitob hikoyalarini tushunarli va oddiy tarzda bayon etish uchun ko‘p kuch sarflangan. Voqealar iloji boricha sodir bo‘lgan tartibda keltirilgan.

Lekin bu kitobning maqsadi Muqaddas Kitobdagi voqealarni shunchaki bayon etishdan iborat emas. Uning matni va rasmlari Muqaddas Kitobdagi voqealarni jonlantirib, qahramonlarning his-tuyg‘ularini yaxshi aks ettirish uchun tayyorlangan.

Mazkur adabiyot Muqaddas Kitob Yahovaga quloq solgan va quloq solmagan kishilar haqidagi kitob ekanini ko‘rishimizga yordam beradi. Buning ustiga ularning misollaridan saboq olishga bizni undaydi. (Rimliklarga 15:4; 1 Korinfliklarga 10:6) Bu kitob 14 ta bo‘limdan iborat. Har bir bo‘limning boshida ba’zi muhim saboqlar keltirilgan.

Agar ota-ona bo‘lsangiz, farzandingiz bilan bitta darsni o‘qib, unga keltirilgan rasmlarni muhokama qilishingiz mumkin. So‘ng darsning oxirida keltirilgan oyatlarni o‘qisangiz bo‘ladi. Bolangizga bu darslardan olayotgan saboqlari Muqaddas Kitobga asoslanganini ko‘rishiga yordam bering. Kattalarni Muqaddas Kitob bilan tanishtirayotganda ham mana shunday yondashuv samarali bo‘ladi.

Umid qilamizki, ushbu adabiyot barcha samimiy insonlarga — yoshu qariga Xudoning Kalomidan saboq olishga va ularni hayotida qo‘llashga ko‘maklashadi. Natijada, ular ham Yahovaning oilasiga qo‘shilib, Unga topina olishadi.

Birodarlaringiz,

Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi