Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-bo‘limga kirish so‘zlari

1-bo‘limga kirish so‘zlari

Muqaddas Kitob butun borliqning yaratilishi haqidagi hikoya bilan boshlanadi. Undan Yahova yer-u osmondagi go‘zal narsalarni yaratgani to‘g‘risida bilib olamiz. Agar siz ota-ona bo‘lsangiz, bolangizga Xudoning ijodlari xilma-xilligini ko‘rishga yordam bering. Xudo insonlarni gapirish, mulohaza yuritish, ixtiro qilish, kuylash va ibodat qilish qobiliyati bilan yaratib, ularni hayvonlardan ancha ustun qo‘yganiga e’tibor qarating. Yahovaning qudrati-yu donoligi, ayniqsa, U barcha yaratgan mavjudotlariga, shu o‘rinda har birimizga O‘z sevgisini namoyon etayotgani uchun bolangizda minnatdorlik tuyg‘usini uyg‘oting.

USHBU BOʻLIMDA

1-DARS

Xudo yeru osmonni yaratadi

Muqaddas Kitobda Tangri yeru osmonni yaratgani haqda yozilgan. Nega Alloh birinchi farishtani barcha narsadan va jonzotlardan avval yaratgan?

2-DARS

Alloh ilk erkak va ayolni yaratadi

Alloh ilk erkak va ayolni yaratib, ularni Adan bog‘iga joylashtirgan. Xudo ular oilasini kengaytirib, butun yerni jannatga aylantirishini istagan.