Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2-bo‘limga kirish so‘zlari

2-bo‘limga kirish so‘zlari

Nima uchun Yahova to‘fon keltirib qadimgi dunyoni yo‘q qildi? Insoniyat tarixining boshida Shayton Yahovaga qarshi isyon ko‘tardi. Odamato, Momohavo va ularning o‘g‘li Qobil singari insonlar Shayton tomonini egallashdi. Hobil va Nuh kabi ozchilik odamlar esa Yahova tomonida turishdi. Aksariyat kishilar yomon bo‘lib ketgani uchun Yahova o‘sha yovuz dunyoni yo‘q qildi. Bu bo‘limda Yahova biz kim tomonda ekanimizni ko‘rishini va U yomonlik yaxshilik ustidan g‘alaba qozonishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini o‘rganib olamiz.

USHBU BOʻLIMDA

3-DARS

Odamato va Momohavo Xudoga quloq solmadi

Adan bog‘idagi bitta daraxt boshqa daraxtlardan nimasi bilan farq qilgan? Nima uchun Momohavo bu daraxt mevasidan yedi?

4-DARS

Jahldor bo‘lish juda xavfli

Xudo Hobilning nazrini qabul qildi, Qobilnikini esa yo‘q. Qobil buni bilgach, qattiq jahli chiqdi va dahshatli ishga qo‘l urdi.

5-DARS

Nuhning kemasi

Xudoga itoatsiz farishtalar yer yuziga tushib ayollarga uylanishgan. Ulardan tug‘ilgan o‘g‘illar zo‘ravon devqomatlarga aylangan. Zo‘ravonlik har yerga tarqalgan. Ammo Nuh boshqalardan ajralib turgan. U Xudoni sevgan va Unga itoatli bo‘lgan.

6-DARS

Sakkiz kishi omon qoladi

40 kecha-yu 40 kunduz yomg‘ir yog‘ib yerni suv bosgan. Nuh va oilasi bir yildan oshiq vaqt kema ichida yashashgan. Keyin Xudo ular tashqariga chiqishi mumkinligini aytgan.