Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-bo‘limga kirish so‘zlari

4-bo‘limga kirish so‘zlari

Bu bo‘limda Yusuf, Ayub, Muso va isroilliklar haqida bilib olamiz. Ular Iblisning qo‘lidan aziyat chekkan. Ayrimlari adolatsizlikka duch kelgan, qamoqqa tashlangan, qul qilingan va hatto yaqinlari to‘satdan vafot etgan. Ammo Yahova ularni turli yo‘llar bilan himoya qilgan. Agar ota-ona bo‘lsangiz, bu insonlar yovuzlik dastidan azob chekkaniga qaramay, imonini saqlab qolganini bolalaringizga tushuntiring.

Yahova Misrning xudolaridan qudratliroq ekanini ko‘rsatish uchun o‘nta ofat yuborgan. Xudo o‘tmishda xalqini himoya qilganiga va buni hozir qanday amalga oshirayotganiga e’tibor qarating.

USHBU BOʻLIMDA

14-DARS

Xudoga quloq solgan qul

Yusuf Xudoga ma’qul ishlarni qilgan, lekin shunga qaramay azob chekkan. Buning sababi nimada?

15-DARS

Yahova Yusufni hecham unutmadi

Yusuf oilasidan uzoqda bo‘lganida ham, Xudo u bilan ekanini isbotladi.

16-DARS

Ayub qanday inson bo‘lgan?

Ayub juda qiyin bo‘lganda ham Yahovaga quloq solgan.

17-DARS

Muso Yahovaga topinishni tanladi

Yo‘xavad bolasi Musoning hayotini saqlab qolish uchun topqirlikni namoyon etdi.

18-DARS

Yonayotgan buta

Nega buta yonib tugamayotgan edi?

19-DARS

Ilk uchta ofat

Fir’avn mag‘rurligi dastidan birgina buyruqqa bo‘ysunmay, xalqining boshiga ofat keltiradi.

20-DARS

Navbatdagi oltita ofat

Ushbu ofatlar ilk uchta ofatdan nimasi bilan farq qilardi?

21-DARS

O‘ninchi ofat

Ushbu ofat hatto fir’avnning g‘ururini sindiradi va u isroilliklarni qo‘yib yuboradi.

22-DARS

Qizil dengizdagi mo‘jiza

Fir’avn o‘nta ofatdan omon qolgan edi. Biroq Xudo Qizil dengizda mo‘jiza yaratganida, tirik qoladimi?