Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6-bo‘limga kirish so‘zlari

6-bo‘limga kirish so‘zlari

Isroilliklar va’da qilingan yurtga kirishganida, muqaddas chodir haq topinishning markazi bo‘ldi. Ruhoniylar xalqqa Tavrotni o‘rgatishardi, hakamlar esa xalqni boshqarardi. Bu bo‘limda kishining qarorlari va xatti-harakati boshqalarga chuqur ta’sir qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Har bir isroillik Yahovaning hamda yaqinining oldida burchli bo‘lgan. Dobira, Naima, Yoshua, Xanna, Yiftoxning qizi hamda Shomuil o‘z zamondoshlariga qanday ta’sir qilganiga urg‘u bering. Rahoba, Rut, Yovel hamda givonliklar kabi kishilar isroillik bo‘lmasa-da, Yahova isroilliklar bilan ekanini ko‘rib, ularga qo‘shilishga qaror qilganini ta’kidlab o‘ting.

USHBU BOʻLIMDA

29-DARS

Yahova Yoshuani tanlaydi

Xudo Yoshuaga bergan yo‘l-yo‘riqlar bugungi kunda bizga ham yordam bermoqda.

30-DARS

Rahoba ayg‘oqchilarni yashiradi

Yerixo devorlari qulab tushadi. Lekin shahar devorida joylashgan Rahobaning uyiga hech narsa qilmaydi.

31-DARS

Yoshua va givonliklar

Yoshua quyoshni bir joyda to‘xtatib qo‘yishni so‘rab Yahovaga ibodat qiladi. Xudo uning ibodatiga javob beradimi?

32-DARS

Yangi yo‘lboshchi va ikkita jasur ayol

Yoshuaning o‘limidan keyin isroilliklar butlarga sig‘inishni boshlashdi. Ularning hayoti og‘ir edi, ammo Yahova Baraq ismli hakam, Dobira ismli payg‘ambar ayol va Yovel orqali yordam taqdim etdi.

33-DARS

Rut va Naima

Eri o‘lgan ikki ayol Isroilga qaytadi. Ulardan biri, Rut dalaga ishlagani boradi va o‘sha yerda uni Boz ko‘rib qoladi.

34-DARS

Gido‘n midiyonliklarni mag‘lub qiladi

Midiyonliklar Isroil xalqini hayotini azobga aylantiradi va ular Yahovadan yordam so‘raydi. Qay yo‘sin Gido‘nning kichik qo‘shini dushmanning 135 000 ta askarini yengadi?

35-DARS

Xanna o‘g‘il so‘rab ibodat qiladi

Elqana muqaddas chodirda topinish uchun Xanna, Paninna hamda bolalarini Shilo‘ga olib boradi. O‘sha yerda Xanna o‘g‘il so‘rab ibodat qiladi. Bir yil o‘tar-o‘tmas, Shomuil tug‘iladi.

36-DARS

Yiftoxning va’dasi

Yiftox qanday va’da beradi va nega? Yiftoxning qizi otasining va’dasini qanday qabul qiladi?

37-DARS

Yahova Shomuilga gapiradi

Oliy ruhoniy Elaxning ikkita o‘g‘li muqaddas chodirda ruhoniylar bo‘lib xizmat qilishardi. Lekin Yahovaning qonunlariga amal qilishmasdi. Yosh Shomuil ularga o‘xshamasdi va bir kuni kechasi Yahova unga gapirdi.

38-DARS

Yahova Shimsho‘nni kuchli qiladi

Xudo Shimsho‘nga filistimliklar bilan kurashish uchun kuch ato etadi. Lekin Shimsho‘n noto‘g‘ri qaror chiqarganida filistimliklar uni tutib olishadi.