Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7-bo‘limga kirish so‘zlari

7-bo‘limga kirish so‘zlari

Bu bo‘limda taxminan 80 yil ichida shoh Shoul va shoh Dovudning hayotida sodir bo‘lgan voqealar yozilgan. Avvaliga Shoul kamtarin va xudotars edi. Ammo u tez orada o‘zgarib, Yahovaga bo‘ysunmay qo‘ydi. Shu bois Yahova uni rad etdi. Keyinchalik U Shomuilga Dovudni moylab, uni shoh sifatida tanlashni buyurdi. Hasadchi Shoul bir necha marotaba Dovudni o‘ldirishga urindi. Lekin Dovud hech qachon qasos olishga intilmadi. Shoulning o‘g‘li Yo‘natan Dovudni Yahova tanlaganini bilgani uchun unga sadoqatli edi. Dovud bir nechta jiddiy gunohga qo‘l urdi, biroq Yahovaning ta’lim-tarbiyasini aslo rad etmadi. Agar ota-ona bo‘lsangiz, Yahovaga va rahbarlik qilish uchun U tanlagan kishilarga doimo quloq solib, sadoqatli bo‘lish muhimligini bolangizga tushuntiring.

USHBU BOʻLIMDA

39-DARS

Isroilning birinchi shohi

Yahova isroilliklarga boshchilik qilish uchun hakamlarni bergan edi. Ammo ular shohi bo‘lishini istashdi. Shomuil Shoulni birinchi shohi qilib moyladi, ammo keyinchalik Yahova uni rad etdi. Nega?

40-DARS

Dovud va Go‘liyot

Yahova Dovudni Isroilning keyingi shohi sifatida tanladi. Dovud bu tanlov to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi.

41-DARS

Dovud va Shoul

Nega Shoul Dovudni yomon ko‘radi, ammo Dovud qanday yo‘l tutadi?

42-DARS

Jasur va sadoqatli Yo‘natan

Shohning o‘g‘li Dovudning qalin do‘sti bo‘ldi.

43-DARS

Shoh Dovudning gunohi

Noto‘g‘ri chiqarilgan qaror ko‘p azob-uqubatlarga sabab bo‘ladi.