Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10-bo‘limga kirish so‘zlari

10-bo‘limga kirish so‘zlari

Yahova butun olamning Shohi. U doim hamma narsani nazorat qilgan va bundan buyon ham shunday qiladi. Masalan, Xudo quduqqa tashlangan Yeremiyoni o‘limdan qutqargan. Shadrax, Meshax va Abednaxuni olovli pechdan, Doniyorni esa sherlar panjasidan asrab qolgan. Yahova Esterni himoya qilgan, Ester esa o‘z xalqini o‘limdan qutqargan. Xudo yovuzlik abadiy davom etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bahaybat haykal va ulkan daraxt to‘g‘risidagi bashoratlar Yahovaning Shohligi tez orada yovuzlikni butunlay yo‘q qilib, yer yuzi ustidan boshqarishini isbotlaydi.

USHBU BOʻLIMDA

57-DARS

Yahova Yeremiyoni va’z qilishga jo‘natadi

Yosh payg‘ambarning aytganlari oqsoqollarning jahlini chiqardi.

58-DARS

Quddus vayron qilinadi

Yahudo xalqi soxta xudolarga sig‘inishdan voz kechmagani uchun Yahova ularni tashlab ketadi.

59-DARS

Yahovaga bo‘ysungan to‘rtta o‘spirin

Yahudiy o‘spirinlar hatto Bobildagi shoh saroyida bo‘lishsa-da, Yahovaga sadoqatli qolishga qat’iy qaror qilishadi.

60-DARS

Abadiy turadigan shohlik

Doniyor Navuxodonosorning g‘alati tushini tushuntirib beradi

61-DARS

Ular haykalga sajda qilishmadi

Shadrax, Meshax va Abednaxu Bobil shohi o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilishdan bosh tortishadi.

62-DARS

Ulkan daraxt haqidagi tush

Navuxodonosorning tushida o‘zi haqida bashorat qilingan edi.

63-DARS

Devordagi yozuv

Devordagi sirli yozuv qachon paydo bo‘ldi va uning ma’nosi nima?

64-DARS

Doniyor sherlar yotgan chuqurlikda

Siz ham Doniyor kabi Yahovaga har kuni ibodat qiling!

65-DARS

Ester xalqini qutqarib qoladi

Garchi musofir bo‘lsa-da, u oddiy yetim qizdan malikaga aylandi.

66-DARS

Ezra xalqqa Xudoning Qonunini o‘rgatadi

Isroilliklar Ezraning so‘zlarini eshitgach, Xudoga va’da berishadi.

67-DARS

Quddus devorlari

Naximiyo dushmanlar hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini bilib qoladi. U nega qo‘rqmaydi?