Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

12-bo‘limga kirish so‘zlari

12-bo‘limga kirish so‘zlari

Iso odamlarga Osmon Shohligi haqida o‘rgatgan. Shuningdek, u Xudoning ismi muqaddas bo‘lishi, Shohligi kelishi va irodasi yer yuzida ham amalga oshishi haqida ibodat qilishni o‘rgatgan. Ota-ona bo‘lsangiz, bu ibodatning ma’nosini va u hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekanini bolangizga tushuntiring. Iso Shayton uning sadoqatini sindirishiga yo‘l qo‘ymagan. Iso havoriylarni tanlab, Shohlikning ilk a’zolari sifatida ularga muhim topshiriqlar bergan. Isoning haq topinishga bo‘lgan g‘ayratiga ham e’tibor qarating. U odamlarga yordam berishni istagani uchun kasallarni sog‘aytirgan, ochlarni to‘ydirgan va hatto o‘liklarni tiriltirgan. Iso bu barcha mo‘jizalarni yaratib, Xudoning Shohligi insoniyat uchun nimalar qilishini ko‘rsatgan.

USHBU BOʻLIMDA

74-DARS

Iso Masih etib tayinlanadi

Yahyo Isoni Xudoning Qo‘zisi deb ataganida nimani nazarda tutadi?

75-DARS

Shayton Isoni sinaydi

Iblis Isoni uch marta sinaydi. Bu qanday sinovlar bo‘lgan? Iso bunga qanday javob qaytargan?

76-DARS

Iso ma’badni tozalaydi

Nega Iso hayvonlarni ma’baddan haydab chiqaradi va pul almashtiruvchilarning peshtaxtasini ag‘darib tashlaydi?

77-DARS

Quduq yonidagi ayol

Quduq yonidagi samariyalik ayol Iso u bilan gaplashganiga hayron qoladi. Nega? Iso hali hech kimga aytmagan qaysi gapni unga aytadi?

78-DARS

Iso Shohlik haqida va’z qiladi

Iso ayrim izdoshlarini «odam ovchilari» bo‘lishga taklif etadi. Keyinchalik u 70 ta shogirdiga xushxabarni va’z qilishni o‘rgatadi.

79-DARS

Iso ko‘p mo‘jizalar yaratadi

Qaerga bormasin, kasal odamlar Isodan yordam so‘rab kelishardi va u ularga shifo berardi. U hatto kichkina qizchani tiriltirdi.

80-DARS

Iso o‘n ikkita havoriyni tanlaydi

Iso shogirdlarini nima uchun tanladi? Ularning ismlari esingizdami?

81-DARS

Tog‘dagi va’z

Iso xaloyiqqa bebaho saboqlar beradi.

82-DARS

Iso shogirdlariga ibodat qilishni o‘rgatadi

Iso shogirdlariga nimalar haqida so‘rab turishni aytdi?

83-DARS

Iso minglab odamni to‘ydiradi

Ushbu mo‘jiza tufayli Iso va Yahova haqida nimani bilib olyapmiz?

84-DARS

Iso suv ustida yuradi

Havoriylar bu mo‘jizani ko‘rganida nimalarni his etganini tasavvur qila olasizmi?

85-DARS

Iso Shabbat kuni shifo beradi

Nega bu hodisadan hamma ham xursand bo‘lmadi?

86-DARS

Iso Lazarni tiriltiradi

Maryamning yig‘layotganini ko‘rib, Iso ham yig‘lab yuboradi. Ammo tez orada ularning ko‘z yoshlari quvonchga aylanadi.