Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

13-bo‘limga kirish so‘zlari

13-bo‘limga kirish so‘zlari

Iso nomukammal insonlar uchun jonini fido qilish niyatida yer yuziga keldi. Iso o‘lgan bo‘lsa-da, dunyo uni yenga olmadi, chunki u Yahovaga sadoqatli qoldi. Yahova ham O‘g‘liga sadoqatni namoyon etib, uni hayotga qaytardi. Iso o‘limiga qadar boshqalarga kamtarinlik ila xizmat qildi va ularning xatolarini kechirdi. Tirilganidan keyin u shogirdlariga ko‘rindi. Iso ularga topshirgan muhim vazifani qanday bajarish kerakligini o‘rgatdi. Agar ota-ona bo‘lsangiz, farzandingizga biz ham mana shunday sharafli ishda qatnashayotganimizni tushuntiring.

USHBU BOʻLIMDA

87-DARS

Hazratimizning kechlik taomi

Iso havoriylari bilan so‘nggi marta birga ovqatlanganida ularga muhim saboqlar berdi.

88-DARS

Iso hibsga olinadi

Yahudo Ishqariyot Isoni hibsga olishlari uchun qilichlaru tayoqlar bilan qurollangan bir to‘da odamni boshlab keladi.

89-DARS

Butrus Isodan tonadi

Kayafaning hovlisida nimalar sodir bo‘ladi? Ichkarida Iso bilan nima yuz beradi?

90-DARS

Iso Go‘lgotada o‘ladi

Nima uchun Pilat Isoning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘ydi?

91-DARS

Iso tiriladi

Isoning o‘limidan so‘ng qanday ajoyib voqea yuz beradi?

92-DARS

Iso yana shogirdlariga ko‘rinadi

Iso ularning e’tiborini jalb qilish uchun nima qildi?

93-DARS

Iso osmonga qaytadi

Bundan oldin shogirdlariga muhim amr beradi