Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14-bo‘limga kirish so‘zlari

14-bo‘limga kirish so‘zlari

Ilk masihiylar yerning eng olis joylarida ham Shohlik haqidagi xushxabarni va’z qilishdi. Iso shogirdlarini va’z qilish kerak bo‘lgan joylarga yo‘naltirdi va mo‘jizaviy tarzda turli tillarda ta’lim berish qobiliyatini ato etdi. Shiddatli ta’qiblarga dosh bera olishlari uchun Yahova ularga jasorat va kuch berdi.

Iso havoriy Yuhannoga Yahovaning ulug‘vorligi to‘g‘risida bir vahiy berdi. Boshqa vahiyda esa Yuhanno Osmon Shohligi Shaytonni mag‘lub qilib, uning hukmronligiga butunlay chek qo‘yganini hamda Iso 144 000 kishi bilan Shoh sifatida hukmronlik qilayotganini ko‘rdi. Shuningdek, u butun yer yuzi jannatga aylanib, hamma odamlar tinchlik va hamjihatlikda Yahovaga topinayotganini ko‘rdi.

USHBU BOʻLIMDA

94-DARS

Shogirdlarga muqaddas ruh tushadi

Muqaddas ruh ularga qanday o‘zgacha qobiliyat beradi?

95-DARS

Ularni hech narsa to‘xtata olmadi

Isoni o‘ldirgan din rahbarlari endi uning shogirdlarini va’z qilishdan to‘xtatmoqchi bo‘lishadi. Ammo ular buning uddasidan chiqa olmaydi.

96-DARS

Iso Shoulni tanlaydi

Shoul masihiylarning ashaddiy dushmani, lekin u butunlay o‘zgaradi.

97-DARS

Korniliyga muqaddas ruh tushadi

Nega Xudo Butrusni yahudiy bo‘lmagan kishining uyiga jo‘natdi?

98-DARS

Masihiylik keng tarqaladi

Havoriy Pavlus va uning hamkorlari olis yurtlarda va’zgo‘ylik qilishni boshlashadi.

99-DARS

Qamoqxona nazoratchisi haqiqatni qabul qiladi

Nega Pavlus va Sila qamoqqa tashlandi? Qay yo‘sin qamoqxona nazoratchisi haqiqatni qabul qildi?

100-DARS

Pavlus va Timo‘tiy

Bu ikkita kishi ko‘p yillar davomida do‘st va hamkor sifatida birga xizmat qiladi.

101-DARS

Pavlus Rimga yuboriladi

Safari paytida xavf ko‘p bo‘lsa-da, havoriyni hech narsa to‘xta olmadi.

102 -DARS

Yuhanno ko‘rgan vahiylar

Iso unga kelajak haqida birin-ketin vahiylar berdi.

103 -DARS

«Shohliging kelsin»

Yuhannoga berilgan vahiyda Xudoning Shohligi yer yuzidagi hayotni qay yo‘sin o‘zgartirib yuborishi ko‘rsatilgan.