2-QO‘SHIQ
Ismingdir Yahova
-
1. Barhaqsan Egamiz,
Yolg‘iz Parvardigorsan,
Hamisha barqarorsan,
Ismingdir Yahova.
Xalqing ichra bo‘lish
Ulkan sharafdir biz-chun.
Xizmat qilgaymiz har kun,
Doston qilib shoning.
(NAQAROT)
Yahova, Yahova,
Buyuksan, Rab, O‘zing.
Olamning Sen Sarvarisan,
Oliy Hokim O‘zing.
Hammaga ma’lum bo‘lsinki,
Qodirsan, yo Alloh.
Yahova, Yahova,
O‘zingsan tanho haq Iloh.
-
2. Niyatingga ko‘ra
Bizni Sen qo‘llagaysan,
A’lo ta’lim bergaysan,
Ismingdir Yahova.
Cheksiz lutf ko‘rsatding,
Nomlab bizni isming-la.
Chorlab oliy sevging-la,
Umid va baxt berding.
(NAQAROT)
Yahova, Yahova,
Buyuksan, Rab, O‘zing.
Olamning Sen Sarvarisan,
Oliy Hokim O‘zing.
Hammaga ma’lum bo‘lsinki,
Qodirsan, yo Alloh.
Yahova, Yahova,
O‘zingsan tanho haq Iloh.
(Shuningdek, 2 Sol. 6:14; Zab. 72:19; Ishayo 42:8 ga qarang.)