3-QO‘SHIQ
Qudratim, umidim, tayanchim O‘zing
-
1. Yahova, go‘zal umid berding,
Uning qadri aziz.
Jahonga uni yoygayman,
Maqtab Seni cheksiz.
Lekin ba’zida qo‘rquv qamrar,
Tashvishlar dilim ezar
Va yonib turgan umid ham
Birdan so‘nib qolar.
(NAQAROT)
Qudratim, Umidim,
Tayanchim O‘zing,
Menga g‘amxo‘rlik qilasan.
Har damda, har ishda
Suyanchim O‘zing,
Yordam berasan jon-dildan.
-
2. Yahova, esda saqlay deyman
Cheksiz lutfing, mehring.
Qayg‘uli damda hamisha
Menga yupanch bo‘lding.
Bu haqda o‘ylash kuch baxsh etar,
Qaytadan umid berar,
Muqaddas isming aytish-chun
Mardlik ato etar.
(NAQAROT)
Qudratim, Umidim,
Tayanchim O‘zing,
Menga g‘amxo‘rlik qilasan.
Har damda, har ishda
Suyanchim O‘zing,
Yordam berasan jon-dildan.
(Shuningdek, Zab. 72:13, 14; Hik. 3:5, 6, 26; Yerm. 17:7 ga qarang.)