5-QO‘SHIQ
Allohning ajoyib ishlari
-
1. Yo Rab, O‘zing yaxshi bilgaysan
Har qadamim, butun hayot tarzim.
Qalbim to‘rin, istak-maylim ko‘rgaysan,
Senga ma’lumdir so‘zlarim va yo‘llarim.
Meni pinhon bunyod etgansan,
Ko‘zing ko‘rgaydir har suyagimni.
Buni esda saqlab, yozib qo‘ygansan.
Ulug‘layman ushbu ajib ishlaringni.
Donoliging buyuk va hayratbaxshdir,
Ijodlaring bundan darak berar.
Qalin zulmat meni chulg‘ab olsa-da,
Ruhing mudom meni nurga eltar.
Alloh, dengiz tomon ketsam gar
Yoki qanot qoqib, ko‘kka uchsam,
Yo mozorda bejon holda yotsam ham,
Meni topgaysan hatto shu olis joydan.
(Shuningdek, Zab. 66:3; 94:19; Yerm. 17:10 ga qarang.)